PUBG: Battlegrounds
PUBG: Battlegrounds (PlayerUnknownʼs Battlegrounds yoki oddiygina PUBG nomi bilan tanilgan) — Krafton shoʻba korxonasi va PUBG Studios tomonidan ishlab chiqilgan onlayn multiplayer jangovar oʻyin.[1] Oʻyin Brendan Grin (PlayerUnknown) tomonidan 2000-yilda premyera qilingan „Battle Royale“ filmidan ilhomlangan holda yaratilgan.Oʻyinda yuzga yaqin oʻyinchi orolga parashyutda tushishadi va oʻzlarini oʻldirishdan qochib, boshqalarni oʻldirish uchun qurol va jihozlarni olib ketishadi. Oʻyin xaritasining mavjud xavfsiz hududi vaqt oʻtishi bilan oʻlchami kichrayib, omon qolgan oʻyinchilarni toʻqnashuvlarga majburlash uchun torroq joylarga yoʻnaltiradi.[2] Omon qolgan oxirgi oʻyinchi (yoki jamoa) raundda gʻalaba qozonadi. PUBG: Battlegrounds 2017-yilning mart oyida birinchi marta Microsoft Windows foydalanuvchilariga beta talqinda taqdim etilgan. Oʻyinning toʻliq talqini 2017-yil dekabr oyida eʼlon qilingan. Hozirgi paytda O'zbekistonda eng yaxshi geymerlar bular R E M B O , Aslamboi va deSENATORlar hisoblanadi.
Fayl:Https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Файл:Логотип игры PlayerUnknown's Battlegrounds.jpg PUBG oʻyini logosi. | |
Ishga tushgan sanasi | 2017-yil (20-dekabr) |
---|---|
Asoschi(lar)i |
Krafton Microsoft Studios (Xbox One) Tencent Games (mobile) |
Direktori | Brendan Greene |
Vebsayti | pubg.com |
Bu maqola hozirgi vaqtda foydalanuvchi Jasur Sultonov tomonidan faol tahrirlanayapti. |
O'yin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'yinda 100 tagacha o'yinchi jang qiladi, bunda ayrim xaritalarda kattaligiga qarab odam soni kamayishi mumkin. O'yinchilar omon qolgan so'nggi bo'lish uchun o'zaro kurashadilar. O'yinchilar o'yinga qanday kirishni tanlashlari mumkin: yakka holda, juftlikda, trioda yoki to'rt kishilik jamoada. Har qanday holatda ham, oxirgi tirik qolgan kishi yoki jamoa o'yinda g'alaba qozonadi.