Personaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Personaj (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P.lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy P.lar, yordamchi P.lar, epizodik P.larga boʻlinadi. Badiiy asar voqealarining boshidan oxirigacha faol qatnashgan va yozuvchining asosiy gʻoyaviyestetik niyatini tashuvchi shaxslar asosiy P.lar hisoblanadi. Ular asarning bosh qahramoni deb ataladi. Barcha voqealarda toʻla qatnashmasada, yozuvchining gʻoyaviy niyatini toʻlaroq ochishga xizmat qiladigan faol obrazlar yordamchi P.lardir. Asarning makrostrukturasida yanada kamroq qatnashadigan shaxslar epizodik P. boʻlib qolaveradi. Epizodik P.lar asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlarni ishonarli yoritishga xizmat qiladilar.

Yozuvchi munosabatiga qarab P.lar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi. Badiiy asarda bunday qaramaqarshi qahramonlarning ifo-dalanishi adabiyotning azaliy muammosi boʻlmish hayotning yaxshilik va yomonlikdan iborat ekanligiga ishoradir. P.lar orqali hayot hodisalari turli darajada ifodalanadi. Chukur va mukammal tasvirlangan, umumlashtiruvchi kuchga ega boʻlgan P. tip darajasiga kutariladi. Tip badiiy asarda ishtirok etuvchi P.larning eng oliy choʻqqisini egallaydi. Tipga kura, kamroq umumlashma quvvatiga ega P.lar obraz yoki harakter deb yuritiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil