Gʻoyib Nepesov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gʻoyib Nepesovich Nepesov (1907, Toshhovuz viloyati Koʻhna Urganch tumani, Turkmaniston — 1976, Nukus) — tarixchi olim, Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), tarix fanlari doktori, professor (1950). Ashxobod pedagogika institutini tugatgan (1939). Toshhovuz Oʻqituvchilar instituti direktori (1942—47), Turkmaniston Fanlar akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti ilmiy xodi-mi (1953—59), Ashxobod pedagogika instituti kafedra mudiri (1962—65), Qoraqalpoq pedagogika instituti kafedra mudiri (1966—70). Ilmiy ishlari Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonning 20-asr 1-yarmidagi tarixiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil