Gülbahar Hatun (Selim I ning onasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gülbahar Hatun
Xotun

Gülbahar Hatunning qabri joylashgan Gülbahar Hatun masjidi.
Tugʻilishi 1453-yil
Vafoti 1505-yil
Trabzon, Usmonli imperiyasi
Dafn etilgan joy

Ayşe Gülbahar Hatun[1][2] (usmonli turkcha:کل بهار خاتون), Sulton Boyazid II ning turmush oʻrtogʻi va Selim I ning onasi edi. Shuningdek Sulaymon I ning buvisi hisoblanadi[3].

Ismlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng eski manbalardan biri Cenabî tarixida uning ismini Ayşe Hatun deb atalgan. Sicill-i Osmanîda yozilishicha, uning ismi Gülbahar Hatun[4].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dulqodiriylarning oʻn birinchi hukmdori Alauddevle Bozkurt bekning qizi Aysha Xotun bilan uzoq vaqt adashtirib ikkalovi bitta inson deb oʻylashgan[5][6][7]. Uni baʼzan alban deb atashadi, lekin koʻpchilik tarixchilar uni Vayvara qishlogʻidan kelgan (Sumela monastiri janubida) yunon boʻlgan deb hisoblashadi[8][9][10][11].

Hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1469-yilda Amasiyadagi Boyazidning haramiga kirdi. Boyazid hali shahzoda paytida yaʼni 1470-yilda Salim I tugʻildi. 1481-yilda Fotih Mehmed vafot etgach, Boyazid Usmonlilar poytaxti Konstantinopolga oilasi bilan birga koʻchib oʻtdi. Turk anʼanalariga koʻra, barcha shahzodalar hech boʻlmasa bir marta viloyat hokimi (Sanjak-bey) boʻlib tajriba orttirishlari kerak. Shahzodalarning onalari oʻz viloyatlarida oʻgʻillarining toʻgʻri boshqaruvi va xulq-atvori uchun mas’ul edilar. Gülbahar Hatun Valide Xotun sifatida tan olinmagan, chunki u 1505-yilda Salim taxtga oʻtirmasdan oldin vafot etgan[12]. Uning qabri Trabzondagi Gülbahar Hatun masjidida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Diyanet İslâm Ansiklopedisi, vol: 36, pages: 407–414, 2009 (Âişe Hâtun was the daughter of Alaüddevle Bozkurt Bey)
  2. Bahadıroğlu, Yavuz, Resimli Osmanlı Tarihi, Nesil Yayınları (Ottoman History with Illustrations, Nesil Publications), 15th Ed., 2009, page 157, ISBN 978-975-269-299-2
  3. Ahmed Akgündüz, Said Öztürk (2011). Ottoman History: Misperceptions and Truths. Oxford
  4. Necdet Sakaoğlu [in Turkish] (2008). Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak publications. p. 135. ISBN 978-975-329-623-6.
  5. Necdet Sakaoğlu [in Turkish] (2008). Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak publications. p. 136. ISBN 978-975-329-623-6.
  6. * "Yavuz Sultan Selim Han". Republic of Turkey Ministry of Culture and Tourism. Archived from the original on 2011-04-17. Retrieved 2009-02-06."Mother Of Yavuz Sultan Selim". Osmanlı Araştırmaları Vakfı (Ottoman Research Foundation). Archived from the original on 2010-12-08.Osmanlıdan Cumhuriyete Trabzonlu simalar ve Trabzonʼun köklü aileleri. Mehmet Akif Bal. 2005. ISBN 978-975-00451-0-3.Yakın Çağda Kahramanmaraş. Ukde. 2009. ISBN 978-605-5602-05-5.
  7. Zamanın İskenderi şarkın Fatihi: Yavuz Sultan Selim. Yitik Hazine Yayınları. 2010. ISBN 978-9944-766-24-1.VII-XVI. asırlarda Maraş emirleri: emir, melik, bey, senyör, beylerbeyi, sancakbeyi. Ukde. 2008. ISBN 978-605-89971-0-3.Amasya. Amasya Ticaret ve Sanayi Odası. 1997.Dijkema, F.TH (1977), The Ottoman Historical Monumental Inscriptions in Edirne, BRILL, p. 32, ISBN 90-04-05062-0
  8. Anthony Dolphin Alderson (1956). The Structure of the Ottoman Dynasty. Clarendon Press.
  9. Leslie P. Peirce (1993). The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press. pp. 106–107. ISBN 978-0-19-508677-5.
  10. „Manastırlar“. www.macka.gov.tr (in Turkish). Retrieved 2021-06-24.
  11. Bahadıroğlu, Yavuz (2007). Resimli Osmanlı tarihi ([10.baskı : Eylül 2007] ed.). İstanbul: Nesil yayınları. p. 157. ISBN 978-975-269-299-2. OCLC 235010971.
  12. Ahmed Akgündüz, Said Öztürk (2011). Ottoman History: Misperceptions and Truths. Oxford University Press. ISBN 978-90-90-26108-9.