Nakşidil Sultan
Naqshidil sulton | |
---|---|
Usmonli imperiyasida Volida sulton | |
Saltanat | 28-Iyul 1808-yil – 28-Iyul 1817-yil |
Tugʻilishi |
1761 Gruziya |
Vafoti |
28-iyul 1817-yil Beshiktosh saroyi, Istanbul, Usmonli imperiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Abdulhamid I |
Dini | Sunni islom, avvalgisi Gruzin pravoslav |
Nakşidil Sultan (usmonli turkcha: نقش دل سلطان ; 1761-yil – 1817-yil 28-iyul; forscha „Qalbga tikilgan kashta“ degan maʼnoni anglatadi) Usmonlilar imperiyasi Sultoni Abdulhamid I ning turmush oʻrtogʻi edi.
Maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turli olimlarning fikriga koʻra, u Kavkaz mintaqasida yashovchilarning oilasida tugʻilgan. Fikret Sarachoʻgʻli Istanbuldagi Toʻpqopi saroyi arxividan uning oʻlimi va dafn marosimiga oid hujjatlarni topgan. Nejdet Sakaogʻlu va Ibrohim Pazan kabi boshqa olimlar bu kelib chiqish nazariyasini oʻrganshgan va uning aslida gruzin ekanligiga daʼvo qilishgan. U Usmonlilar saroyida ulgʻaygan va kuchli islomiy turkiy taʼlim olgan[1][2].
Shaxsga oid bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naqshidil Sulton 1788-yilda dengizda gʻoyib boʻlgan Aimée du Buc de Rivery ismli ayol ekanligi va Napoleon Bonapartning sobiq rafiqasi Jozefinaning uzoqroq amakivachchasi boʻlgani haqida afsonalar mavjud. Ushbu afsonaga koʻra, Aimée du Buc de Rivery Barbar qaroqchilari tomonidan qoʻlga olingan va haram kanizagi sifatida sotib yuborilgan. Ammo bu hkoyani tasdiqlovchi haqda hech qanday dalil mavjud emas.
16-asr boshlariga aloqador bir qancha qadimgi afsonalarga koʻra, fransuzlar va Usmonlilar monarxiyalari oʻrtasidagi aloqalar koʻrsatilgan. Bular siyosiy sabablarga koʻra uydirma boʻlib, ikki (bir-biriga bogʻliq boʻlgan) monarxiya oʻrtasidagi ittifoqlarni oqlash uchun moʻljallangan. Keyingi davrlarda bu va shunga oʻxshash haram ertaklari Fransiyada Turkiya, Yaqin Sharq va umuman islomga nisbatan sirli va despotik tabiat deb qarashni davom ettiruvchilar orasida qoʻllanilgan, ammo aniq maʼlumotlar mavjud emas.
Biroq, ellik yil oʻtib, 1867-yilda Sulton Mahmudning oʻgʻli Sulton Abdulaziz Napoleon III bilan uchrashish uchun Parijga sayohat qilgan. U Napoleon tomonidan katta dabdaba bilan kutib olingan va matbuotga buvilarining Fransiyada qarindoshlari borligini maʼlum qilgan[3].
Imperator turmush oʻrtogʻi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Ahmad III ning qizi boʻlgan Naqshidil 1782-yilda Abdulhamidga turmushga chiqadi. Unga „Yettinchi hasike“ unvoni beriladi. 1783-yil 22-oktabrda u oʻzining birinchi farzandi, Shahzoda Murod Sayfulloh ismli oʻgʻlini dunyoga keltiradi, u bir yoshida, 1784-yil 3-martda chechakdan vafot etadi.
Bir yil oʻtgach, 1785-yil 20-iyulda u ikkinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mahmudni (boʻlajak Sulton Mahmud II) tugʻadi[4]. Bir yil oʻtib, 1786-yil 28-noyabrda u uchinchi farzandi, qizi Soliha Sultonni dunyoga keltiradi. Qizaloq 1788-yil 10-aprelda bir yoshida vafot etadi[4].
1788-yilda Naqshidil Sultonahmetda „Nakşi Kadın Favvorasi“ deb nomlanuvchi qamoqxona yonidagi buloqni ishga tushiradi[4].
Abdulhamid 1789-yilda vafot etgach beva boʻlib qolgan.
Bevalik va Volida Sulton
[tahrir | manbasini tahrirlash]1807-yilda oʻgay oʻgʻli Sulton Mustafo IV taxtga oʻtirgandan soʻng, uning kundalik va haftalik mablagʻlari uchun ajratiladigan pul miqdori oshiriladi. Bu yillarda Naqshidilning oylik va yillik daromad manbalari Fatih masjidi yaqinidagi Taşchi Xonda joylashgan uchta fermer xoʻjaligidan kelgan.
1809-yilda Uskudardagi Sarikadi qishlogʻi yaqinida „Naqshidil Sulton bulogʻi“ deb nomlanuvchi bir favvorani ishga tushiradi. 1817-yilda u Fotihda yana bir favvora, oshxona va oʻzining maqbarasini qurdiradi[4].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1816-yilda Naqshidil ogʻir kasallikka duchor boʻladi. Ikki yunon shifokori uni davolashga harakat qilishadi, lekin uddasidan chiqishmaydi. Bosh tabib Naqshidilga Gumrukchu Usmon ogʻaning Chamlijadagi saroyida dam olishni maslahat beradi, lekin u yerdagi ob-havo uning sogʻligʻiga yomon taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli u Beshiktosh saroyiga qaytib keladi va u yerda 1817-yil 22-avgustda sil kasalligidan vafot etadi. Naqshidil Sulton Istanbulning Fotih shahrida joylashgan oʻzining maqbarasiga dafn etilgan[4].
Naqshidil vafot etgan vaqtda Istanbulda Fransiya elchisining rafiqasi oʻsha yerda boʻlgan va u haqida ayrim maʼlumotlarni yozib qoldirgan[3].
1818-yilda uning oʻgʻli Sulton Mahmud onasining xotirasiga atab „Naqshidil Sulton Sebil“ nomi bilan mashhur favvora (sebil) qurdiradi[4]. Uning oʻgʻli va nabirasi Abdulmajid I ham 1839 va 1861-yillarda sil kasalligidan vafot etgan[4].
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulhamid va Naqshidilning uchta farzandi boʻlgan:
- Shahzoda Sayfulloh Murod (Topkapi saroyi, 22-oktyabr 1783-yil – Topkapi saroyi, 1785-yil 21-yanvar)[5]
- Mahmud II (Toʻpkapi saroyi, 1785-yil 20-iyul – Istanbul, Turkiya, 1839-yil 1-iyul, Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan), Usmonlilar imperiyasining 30-sultoni[5].
- Soliha Sulton (Toʻpkapi saroyi, 1786-yil 27-noyabr – Topkapi saroyi, 1788-yil 10-aprel)[5].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Naqshidil Volida Sulton maqbarasining ichki qismi
-
Naqshidil Volida Sulton maqbarasi janub tomoni
-
Naqshidil Volida Sultonmaqbarasidagi favvora
-
Naqshidil Volida Sulton maqbarasi gumbazi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ İbrahim Pazan. Padişah anneleri. Babıali Kültür Yayıncılığı, 2007. ISBN 978-9-944-11831-6.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Publications, 2008 — 358–360-bet. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ 3,0 3,1 Isom-Verhaaren 2006.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 Uluçay 2011.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Sarıcaoğlu, Fikret. Kendi kaleminden bir Padişahın portresi Sultan I. Abdülhamid (1774-1789). Tatav, Tarih ve Tabiat Vakfı, 2001 — 17–18-bet. ISBN 978-9-756-59601-2.