Kontent qismiga oʻtish

Omina xotun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omina xotun
turkcha: Emine Hatun
Tavalludi noaniq
Vafoti noaniq
Usmonlilar imperiyasi
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Mehmed I
Bolalari Murod II
Otasi Suli Shabanbek yoki Mahmudbek

Omina xotun (usmonli turkcha: امینه خاتون) – beklik hukmdori Dulqodiroʻgʻilining qizi, Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed I ning rafiqasi hamda Sulton Murod II ning onasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omina Marashda tavallud topgan[1]. Uning otasi beklik hukumdori Dulqodiroʻgʻli edi[2]. Bo‘stonzoda Ominaga „yulduzdek sof va benuqson“ deb taʼrif bergan[1]. Tarixchilar uning otasi kim ekanligi boʻyicha bahslashgan. Edvard von Zambaur, Frans Babinger, E. Alderson va Ismoil Uzuncharshili fikriga koʻra, uning otasi Suli Shabanbek boʻlgan. Ch. Uluchay esa uning otasi Sulibek deb yozgan. N. Sakaoʻgʻlining fikriga koʻra, Ominaning otasi Nasriddin Mehmedbek yoki Suli ismli shaxs boʻlishi mumkin. Tarixchilar R. Yunanch, J. Mordtman va K. Imber Ominaning otasi Mehmedbek boʻlgan deb yozishgan[2].

Nikohi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omina va Mehmedning turmush qurish vaqti ham aniq emas. Omina kelin boʻlib qayerga kelgani haqida ham maʼlumotlar yetarli emas, lekin taxminlarga koʻra Amasya yoki Bursa shaharlaridan biri boʻlishi mumkinligi tahmin qilingan. Chunki solnomachi Neshrining yozishicha toʻy haqida ham hech qanday maʼlumot berilmagan[3]. Mehmed Chalabiyning oldiga, u Tokatda ovqatlanayotgan paytda Dukalqodiroʻgʻlidan elchi kelgan. Ular uzoq vaqt gaplashishgan hamda nizoni tugatishga qaror qilishgan. Shundan soʻng ular oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilangan. Keyin Sulton qizi Dulqodaroʻgʻli bilan unashtirilgan. Unga Dulqodiroʻgʻli tomonidan sovgʻalar va nikoh uzugi olib kelingan[3]. E. Alderson unashtiruv 1399-yilda Boyazid Dulqodiroʻgʻlini zabt etganda sodir boʻlgan deb hisoblagan, biroq nikoh keyinroq, yaʼni 1404-yilda Mehmedning holati nisbatan yaxshilashganidan soʻng tuzilgan[4].

Ayrim tarixchilar bu nikohni 1403-yilda, yaʼni Mehmed Chalabiy markazi Anqarada joylashgan Boyazidga tegishli sobiq Anadolu mulklarining bir qismini boshqara boshlagan va Chamurlu jangida ukasi Iso Chalabiyni magʻlubiyatga uchratgandan keyin amalga oshirilganiga ishonishadi. Mazkur nikoh Mehmed Chalabiy hamda otliq qoʻshinlari va chavandozlari bilan mashhur boʻlgan Dulqadirogʻullar beklari bilan ittifoqini mustahkamlashga turtki boʻlgan. Bu ittifoq Mehmed Chalabiyga Iso Chalabiyni yengishga imkon bergan[5][6]. Dulqodirbek uchun Mehmed bilan ittifoq tuzish zarur boʻlgan, chunki Dulqodirogʻullari mamluklar bilan chegarada bir necha marta urush keltirib chiqarishgan. Beklik hukmdorlari Xalilbek Dulqodir va Suli mamluklar tomonidan uyushtirilgan qotilliklarning qurboni boʻlishgan[1].

Ominaning tavalludi, vafoti va qayerga dafn etilgani haqida maʼlumot mavjud emas[1].

Bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omina xotunning farzandlari borligi haqida ham aniq maʼlumot yoʻq[1]. Bu masala boʻyicha turli manbalar va fikrlar mavjud[1]. E. Alderson va X. Lourining yozishicha, Omina 1403–1404-yillarda tavallud topgan Murod II ning onasi boʻlgan[7][8][9]. Murod 1421-yilda sulton boʻlgan, Entoni Alderson Omina oʻgʻlining taxtga oʻtirishidan oldin vafot etganini taxmin qilgan[10]. Ammo baʼzi tarixchilar Murodni Ominaning oʻgʻli ekanligiga shubha qilishadi. H. Inaljik Murodning onasini Mehmedning xotini emas, kanizak sifatida tariflagan. Turk tarixchisi H.Husameddin esa oʻzining „Tarixi Amasiya“ kitobida Murodning onasini aslzoda turk ayoli, Divitdor Ahmad poshoning qizi Shahzoda xotun deb atagan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Sakaoğlu 2015.
  2. 2,0 2,1 Alderson 1956; Uzunçarşılı 1969; Kastritsis 2007; Yinanç 1988; MORDTMANN-MANAGE 1991; Imber 1993; Uluçay 2001; Sakaoğlu 2015.
  3. 3,0 3,1 Нешри 1984.
  4. Alderson 1956, table XXV, comm.4.
  5. Alderson 1956; Uzunçarşılı 1969.
  6. Kastritsis 2007, s. 80.
  7. Alderson 1956, table XXVI.
  8. Lowry 2003, s. 153.
  9. Süreyya, 1 Cild 1996; Uluçay 2001.
  10. Alderson 1956, s. 83 (прим.).
  11. İnalcık 2006.

{{

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]