Foydalanuvchi munozarasi:Knodir
Xush kelibsiz
[manbasini tahrirlash]Xush kelibsiz!
Salom, Knodir! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:
- Vikipediyaning besh ustuni
- Qisqa dars
- Maqola qanday yoziladi? (videodarslar)
- Yordam sahifasi
- Sinov tahrirlari uchun sahifa
Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, mana bu sahifaga tashrif buyuring yoki sizni qiziqtirgan savolni munozara sahifamda soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.
Yana bir bor xush kelibsiz! --Casual 05:53, 30 dekabr 2011 (UTC)
Vikipediyani tahrirlash
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, Knodir. Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun avvalambor rahmat. Iltimos, maqolalarni toʻliqroq yarating. Bir jumladan iborat maqolaning foydasi katta emas. Universitetlar haqida toʻliqroq maʼlumot bering. Bir jumlani har bir universitetga qoʻllamang. Matndagi oʻ, gʻ va ʼ harf va belgilarining yozilishiga eʼtibor bering. Matnni yozib boʻlganingizdan soʻng pastdagi Vikifikator tugmasini bossangiz, matndagi oʻsha harflarni oʻzi avtomatik ravishda toʻgʻrilab chiqadi. Imloga eʼtibor bering. Oʻzbek tilida shtatning nomi Kalifornia emas, balki Kaliforniyadir. Agar savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifamda qoldirig. Rahmat. --Casual (munozara) 14:58, 1 may 2013 (UTC).
Mualliflik
[manbasini tahrirlash]Hurmatli Knodir, vikipediyada maqolaning ichida muallifning ismi koʻrsatilmaydi. Mualliflarni koʻrish uchun maqolaning tarix sahifasiga qarang. —Casual (munozara) 09:48, 2 may 2013 (UTC).
Private university
[manbasini tahrirlash]Salomlar! Shaxsiy universitet emas, xususiy universitet deyish toʻgʻriroq boʻladi. Cheers! Nataev munozara 12:34, 2 may 2013 (UTC)
Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisi
[manbasini tahrirlash]Salom! Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 03:49, 17-Mart 2017 (UTC)