Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/José Echegaray

Vikipediya, erkin ensiklopediya

José Echegaray (1832-yil 19-aprel – 1916-yil 14-sentyabr)[1] ispan qurilish muhandisi, matematik, davlat arbobi va 19-asrning soʻnggi choragidagi yetakchi ispan dramaturglaridan biri. U 1904-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan "ispan dramaturgiyasining buyuk an'analarini individual va o'ziga xos tarzda qayta tiklagan ko'plab yorqin kompozitsiyalarni e'tirof etgani uchun" taqdirlanadi.

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1832-yil 19-aprelda Madridda tug‘ilgan[2]. Uning otasi doktor va yunon instituti professori[3] Aragonlik, onasi esa Navarradan edi. U bolaligini Mursiyada o'tkazgan va u yerda boshlang'ich maktabni tugatgan. Aynan o'sha erda, Mursiya institutida, unda matematikaga bo'lgan muhabbat uyg'onadi. Hali bolaligida Gyote, Gomer va Balzakni o'qigan José Echegaray Gauss, Legendre va Lagranj kabi matematiklarni shu ijodkorlarga alishtiradi.

Escuela Técnica Superior de Ingeniería de Caminos, Canales y Puertos(Yo'llar, kanallar va portlar muhandislik maktabi)da qatnashish uchun yetarli pul topish uchun , u o'n to'rt yoshida Madridga ko'chib o'tadi[4]. Yigirma yoshida u Madrid maktabini tugatib sinfida birinchi bo'lib qurilish muhandisligi diplomini qo'lga kiritadi va birinchi ish joyida ishlashni boshlash uchun Almeriya va Granadaga ko'chib o'tadi[5].

Professor va olim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1854-yilda u muhandislik maktabida dars berishni boshladi va u yerda kotib bo'lib ishladi. U o'sha yildan boshlab 1868-yilgacha matematika, stereotomiya, gidravlika, tasviriy geometriya, differensial va fizikaviy hisoblardan dars bergan. 1858-1860-yillarda u jamoat ishlari yordamchi maktabining professori ham bo'lib ishlagan.


1868-yilgi inqilob monarxiyani ag'darganida, u inqilobiy kabinetdagi o'rin uchun o'z lavozimidan iste'foga chiqdi[5].

Davlat xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Echegaray ham siyosat hayotiga keyinroq kirib kelgan. Respublika Radikal Demokratik Partiyasining asoschisi[6] sifatida u hukumat sektorida ishlagan, 1867-1874-yillar orasida ketma-ket taʼlim vaziri, jamoat ishlari va moliya vaziri etib tayinlangan[3]. 1874-yilda Burbon restavratsiyasidan keyin u nafaqaga chiqadi[5].

Adabiy martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr har doim José Echegaray hayotidagi eng suyukli narsa bo'lgan. Garchi u ilgari ham pyesalar ( La Hija natural va La Última Noche, ikkalasi ham 1867-yilda) yozib yurgan bo'lsa ham, u 1874-yilda chinakam dramaturgga aylandi[5]. Uning spektakllarida uning davlat idoralarida ishlagan davrida mashhur bo'lgan burch hissi aks etgan. Burch va axloqga qaratilgan dilemmalar uning pyesalarining motividir. U o'zidan oldingi ispan oltin asridagi yutuqlarni takrorlaydi va sermahsul dramaturg bo'lib qoladi.

Uning eng mashhur pyesasi - El gran Galeoto, XIX asrning buyuk melodramasi uslubida yozilgan drama. Gap asossiz g‘iybatning bir insonning baxtiga zararli ta’siri haqida. Echegaray uni 19-asrda mashhur bo'lgan aktyorlik uslubini hozirda qanday ko'rib chiqishimizni yorituvchi batafsil sahna ko'rsatmalari bilan to'ldirdi. Paramount Pictures uni "The World and His Wife" deb o'zgartirgan holda ovozsiz film sifatida suratga oldi va keyinchalik bu "The Great Galeoto" filmi uchun asos bo'ldi. Uning eng ajoyib o'yinlari O locura o santidad (Saint or Madman?, 1877), Mariana (1892), El estigma (1895), La duda(1898 yil), va El loco Dios (God, the fool,1900).

Uning boshqa mashhur pyesalari qatorida “La esposa del vengador” (1874) (“The Avenger's Wife”); En el puño de la espada (1875) (In the Sword's Handle); En el pilar y en la cruz (1878) (On the Stake and on the Cross); va Conflicto entre dos deberes (1882) (Conflict of Two Duties)[3].

Provans shoiri Frederik Mistral bilan birga u 1904-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi, u o'sha yili Ispaniya Qirollik Akademiyasi a'zosi tomonidan nomzod qilib ko'rsatilganidan so'ng, bu mukofotni qo'lga kiritgan birinchi ispaniyalik bo'ldi[7].

José Echegaray 1916-yil 14-sentyabrda Madridda vafotigacha doimiy faoliyatni davom ettirdi[8]. Uning keng qamrovli faoliyati qariganda ham o‘sishdan to‘xtamadi, umrining so‘nggi bosqichida matematik fizikadan 25-30 jild kitob yozdi.

Ispaniyadagi bir nechta ko'chalar José Echegaray nomi bilan atalgan. Madridning Barrio de las Letrasdagi Kalle Echegaray ayniqsa eng diqqatga sazovori hisoblanadi[9][10]. 1971-yilda Ispaniya banki uning sharafiga 1000 pesetalik banknotani muomalaga chiqardi[11].

  • José Echegaray on Nobelprize.org with the prize motivation
  • Elsevier Publishing Co. biography
  • Works by José Echegaray at Project Gutenberg
  • List of works
  • Works by or about José Echegaray at Internet Archive
  • Works by José Echegaray at LibriVox (public domain audiobooks)
  • Newspaper clippings about José Echegaray in the 20th Century Press Archives of the ZBW
  1. „José Echegaray y Eizaguirre - Spanish dramatist“. Britannica.com. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  2. Sánchez Ron, José Manuel (30 December 2004). "José Echegaray: entre la ciencia, el teatro y la política" (es). Arbor CLXXIX (707/708): 601–688. doi:10.3989/arbor.2004.i707/708.510. ISSN 1988-303X. 
  3. 3,0 3,1 3,2 „The Nobel Prize in Literature 1904:Frédéric Mistral, José Echegaray“. Elsevier Publishing Company. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Echegaray" defined multiple times with different content
  4. „Alicia Delibes – José Echegaray“. Libertad Digital. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Fitzmaurice-Kelly 1911.
  6. Gómez-Mendoza, Josefina. José Echegaray, un liberal radical en Fomento. https://www.academia.edu/30259822. 
  7. „Nomination Database“. Nobelprize.org. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  8. Sánchez Ron, José Manuel (30 December 2004). "José Echegaray: entre la ciencia, el teatro y la política" (es). Arbor CLXXIX (707/708): 601–688. doi:10.3989/arbor.2004.i707/708.510. ISSN 1988-303X. Sánchez Ron, José Manuel (30 December 2004). "José Echegaray: entre la ciencia, el teatro y la política". Arbor (in Spanish). CLXXIX (707/708): 601–688. doi:10.3989/arbor.2004.i707/708.510. ISSN 1988-303X.
  9. Nuevo Vialás, Mar. „Echegaray: La calle de Madrid que se cuela entre las más 'cool' del mundo“ (es). Tendencias Hoy, Economía Digital (2022-yil 26-avgust).
  10. „The best of the barrios: Barrio de las Letras“. Things to Do, Madrid, Time Out (timeout.com) (2014-yil 13-aprel).
  11. Mira Pérez, Jorge (2000). "Echegaray—Fiscal Scientist and More". Physics Today 53 (6): 76–77. doi:10.1063/1.1306382. https://www.researchgate.net/publication/238958281.