Gidravlika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidravlika (gidro... va yun. aulos — naycha) — suyuqliklarning muvozanat va harakat shartlari qonunlarini oʻrganish va shu qonunlardan foydalanib, gidrotexnikaning amaliy masalalarni hal qilish bilan shugʻullanadigan fan. Gidrotexnika inshootlari, gidravlik mashinalar, yerni quritish va sugʻorish, gidroenergetika, gidromexanizatsiya, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya kabi muhandislik masalalari bilan shugʻullanadi (ilgari G. ning asosiy vazifasi suvning quvurlardagi harakatini oʻrganish boʻlgan). G. gidrostatika va gidrodinamikaga boʻlinadi. Gidrostatika suyuqpiklarning muvozanat shartlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarga taʼsirini, gidrodinamika esa suyuqliklarning harakat qonunlarini va ular bilan tutashgan qattiq jismlarning oʻzaro taʼsirini oʻrganadi. G. nazariy mexanikaga asoslangan. U 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Bu sohada I. Nyuton, D. Bernulli, M. V. Lomonosov, L. Eylernnpt xizmati katta. Rus olimi N. Ye. Jukovskiy 1899 y.da dunyoga mashhur gidravlik zarba nazariyasini kashf etdi. G.ning asosiy boʻlimlaridan biri filtrlash nazariyasini yaratdi. Texnika va tabiatda koʻp uchraydigan aralashmalar (suyuqlik, gaz va qattiq jism zarrachalari aralashmalari) gidravlikasi ayniqsa rivojlandi. Bu sohaga rus olimi F. I. Frankel va oʻzbek olimi X. A. Raxmatulinlar asos soldi. Koʻp fazali aralashmalar gidravlikasi sohasida Toshkent ilmiy maktabi bunyodga keldi. Oʻzbek olimi J. F. Fayzullayev quvurlarda harakatlanuvchi aralashmalar masalalari bilan shugʻullandi, aralashmalar harakatiga oid bir qancha masalalarni nazariy va amaliy jihatdan hal qiddi. Fanga Raxmatulin-Fayzullayev modeli tushunchasi kiritildi. Umuman suv mexanikasi masalalarini hal qilish bilan G.dan tashqari gidromexanika ham shugʻullanadi. Gidromexanika, asosan, qagiy matematik usullarga asoslangan boʻlib, aniq matematik yechim olish uchun oqim harakati va turini, hatto suyuqliklarning fizik xossalarini ham soddalashtirib qaraydi. G. nazariy mexanika qonunlariga va tajribadan olingan sodda formulalarga amal qilib, texnika masalalarini aniq hal qilishga intiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil