Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Panpanchik/Gellért tepaligidagi gʻor

Koordinatalari: 47°29′6.38″N 19°3′7.12″E / 47.4851056°N 19.0519778°E / 47.4851056; 19.0519778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunay qirg'og'idan ko'rinib turadigan, g'orning asosiy kirish joyi
Qurbongoh

Gellert tepaligidagi g'or (veng.: Gellérthegyi-barlang) - Vengriyaning Budapesht shahri Gellert tepaligidagi g'orlar tarmog'ining bir qismi. Shuningdek, g'or mahalliy aholi tomondan u yerda yashagan va kasallarni davolash uchun g'or yonidagi loyqa ko'lning tabiiy termal suvidan foydalangan zohidga nisbatan "Avliyo Ivan g'ori" (Szent Iván-barlang) deb ham ataladi. Ehtimol, xuddi shu suv eski Saros fürdő ("Loyli hammomlar") havzalarini suv bilan ta'minlagan bo'lishi mumkin, hozirda bu hudud Gellért hammomlari deb ataladi[1][2].

Gellert tepaligidagi tosh cherkovi Budapeshtdagi milliy ziyoratgoh bo'lib, uning qurilishi qirol Veychinger tomonidan 1931-yil bahorida Kalman Lyuxning rejalari asosida ishlab chiqilgan. 1934-yilda Gellert tepaligining Dunay daryosi tomonidagi cherkov tarkibiga neo-Romanesk monastiri qo'shilgan. Vengriya paulistlarining faoliyati bekor qilinganidan keyingi 150 yil davomida cherkov va monastir eshiklari beton bilan qoplab muhrlab qo'yilgan. Tosh cherkov Vengriyada tashkil etilgan yagona erkak monastir ordeni - Paulistlar uchun qurilgan. Cherkovning boshqa ko'plab nomlari ham mavjud. Jumladan: G'or cherkovi, Gellert g'ori, Gellert tepaligi g'ori, Gellert qoya cherkovi, Ivan g'ori, Lourdes g'ori, Lourdes cherkovi , Avliyo Ioann g'ori, Rok kapellasi kabi nomlar mahalliy aholi orasida ommalashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asrda g'orning asosiy kirish qismida, quyoshda quritilgan g'ishtdan kichik uy qurgan kambag'al oila yashagan. G'orning og'zi taxta bilan yopilgan va u dehqonlar hovlisi vazifasini o'tagan. Bu holat Mihály Mayrning rasmida (1860-yillarda yaratilgan) va 1877-yilda György Klöszning fotosuratida qayd tasvirlangan[3].

G'orlar uchun birinchi zamonaviy kirish qismi 1920-yillarda Fransiyaning Lourdes shahrida ziyorat paytida shunga o'xshash tosh konstruksiyalarni ko'rib, ulardan ilhomlangan bir guruh Paulin rohiblari tomonidan barpo etilgan. Budapesht Texnik Universiteti professori Kálmán Lux mazkur qurilishga mas'ul me'mor bo'lgan[4]. 1926-yilda hudud muqaddaslashtirilganidan so'ng, u 1951-yilgacha ibodatxona (Sziklatemplom tarjimasi: g'or cherkovi) va monastir sifatida faoliyat yurita boshlagan. Bu vaqt ichida u Ikkinchi Jahon urushida fashistlar Germaniyasi armiyasi uchun dala gospitali vazifasini ham o'tagan.

1945-yilda Sovet Qizil Armiyasi Budapeshtni egallab olgan. Olti yil davomida g'or o'zining diniy marosimlarini o'tkazishda davom etgan, ammo 1951-yilda Davlat qo'riqlash boshqarmasi katolik cherkoviga qarshi harakatlarni kuchaytirish doirasida cherkovda bir nechta tekshiruv reydlarini o'tkazgan. Bosqin natijasida g'or yopilgan, monastir boshlig'i Ferenc Vezér o'limga hukm qilingan, uning qolgan birodarlari esa o'n yildan ortiq muddatlik qamoq jazosiga hukm qilingan[ iqtibos kerak ].

Temir parda parchalanganidan so'ng, 1989-yil 27-avgustda ibodatxona kirish qismidagi g'orni muhrlab turuvchi beton devorlar buzib tashlangan va ibodatxona qayta ochilgan. 1992-yilga kelib, cherkov qayta tiklandi va Paulin ordeni g'orga qaytarildi. Bugungi kunda rohiblar diniy marosimlarni bajarishda davom etmoqdalar. Shu bilan birgalikda, g'or umumiy sayyohlik maskaniga aylantirilgan. Cherkov qoyaga o'yib ishlangan va ajoyib neogotik minoralarini bezab turuvchi sirli monastir bezaklari bilan ziynatlangan. G'or devorlari tabiiy toshlardan tashkil topgan. Cherkovda ko'plab xonalar mavjud bo'lib, unda barcha bezaklar Paulin ordenining sodiq izdoshi tomonidan qattiq yog'ochdan o'yib ishlangan. Kirish eshigi oldidagi terastani oti yonida turgan Avliyo Stephen haykali g'orni g'urur bilan qo'riqlash ramzi sifatida o'rnatilgan. 

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoya cherkovi ikki qismdan iborat: yuqori qismi qadimiy g'or Szent Ivan g'ori va pastki qismidagi Lourdes g'ori. Shuningdek, bu yerda qish va yozda harorat 21 ° C bo'ladigan pastki, sun'iy qoya bo'shlig'i tizimi ham mavjud.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Duckeck. „Gellért Hill Cave, also known as Saint Ivan's Cave“. Show Caves. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-aprel.
  2. „Gellért Hotel and Baths“. Hungary Starts Here. 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Jalsovszky, Tomsics. Budapest az ikerfőváros 1860-1890, 2003 — 23 bet. ISBN 9632088263. 
  4. „Budapest Attractions“. Lovely Budapest. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

47°29′6.38″N 19°3′7.12″E / 47.4851056°N 19.0519778°E / 47.4851056; 19.0519778 [[Turkum:Gʻor cherkovlari]] [[Turkum:Vengriyadagi gʻorlar]]