Kontent qismiga oʻtish

Monastirlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monastirlar (yunoncha: monasterion — monaxlar maskani) — cherkovning muayyan yoʻl-yoʻriqlari asosida birga yashovchi monaxlar jamoasi; monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona, turar joy va xoʻjalik binolari majmui. Birinchi buddistlar monastirlari miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida Hindistonda paydo boʻlgan. Budda monastirlari keyinchalik Myanma va Tailand (II—III asrlar)da, Vyetnam va Xitoy (IV asr)da, Koreya va Yaponiya (VI—VIII asrlar)da hamda Indoneziya (VII asr)da vujudga keldi. Xristian monastirlari esa dastlab III—IV asrlarda Misrda, soʻngra Rim imperiyasi (IV—V asrlar)da, keyinchalik Yevropada yuzaga kelgan. Monastirlar yirik yer egalariga aylanib, diniy mafkura markazi boʻlib qolgan. Monastirlar vujudga kelgan dastlabki paytlarda iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyotida muayyan rol oʻynagan. Oʻzbekistonda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli 3 ta monastir bor: Avliyo Troitse Nikolskiy ayollar monastiri (Toshkent shahri, Mirobod tumani), Pokrovskiy monastiri (Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani), Svyato Georgiyevsk erkaklar monastiri (Chirchiq shahri)[1].

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil