Foydalanuvchi:Melibintukemal/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foydalanuvchi:Melibintukemal/qumloq/Tepasi

Nurota shahri

NurotaO'zbekiston tarkibidagi eng yosh viloyat hisoblanmish Navoiy viloyati hududiga kiruvchi tuman sanaladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurotaning tarixi bundan taxminan 4000 yil oldinga borib taqaladi. Uning tarixida assoiy o'rin egallovchi shaxs bu - arab xalifalari safidagi sarkarda hisoblanadi.

Nurota bosh masjidi

Chashma masjidi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chashma bu—Nurotaning mashhurligiga asosiy sabab sanaladi. U yerga yiliga bir necha million sayyohlar tashrif buyuradi.Chashmaning markazida joylashgan asosiy binolardan biri masjid hisoblanadi. Ushbu masjid Buxoro amiri Abdullaxon II tomonidan barpo etilgan. Amir Shimoliy Qozog'istonga yurish qilib, g'alaba bilan qaytadi va orttirilgan boyliklar hisobiga Nurotada masjid qurishni buyuradi. Shundan keyin Abdullaxon II 12 yil davomida yetarli mablag' yuborib turadi va shu tariqa hozirgi kunda shahardagi markaziy masjid barpo etiladi. Biroq 1909-yillarga kelib ushbu masjid xarobaga aylanadi. Keyinchalik Eshon Sudur Tursunxo'ja tomonidan to'liq ta'mirlanadi. 1917-yil oxirlariga kelib yurtimiz Sovet hukumatiga mustamlaka bo'lib qolgandan keyin masjid binosi 1920-1928-yilgacha davtavval qamoqxonaga, keyinchalik ombor va kutubxonaga aylantirilgan. Va nihoyat, O'zbekiston 1991-yil o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, masjid btamom yangi qiyofa aks etadi va o'zining diniy vazifasini o'tab, bu yerda juma namozi o'qila boshlandi.

Nur qal'asi

Nur qal'asi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nur qal'asi Buxoro va Samarqand yo'lidagi istehkom bo'lib, shahar o'rta asrlarda Nuri Buxoro, deb ham atalgan. Nur qasrini deb yozadi arxeolog B.O'roqov, Iskandariya deb ham atashadi. Nur qal'asi uning arkidan janubda, undan 150m uzoqlikda Oqtov cho'qqilaridan biri ustiga qurilgan. Akademik B.A.Nelson(1953), akademik Y.G'ulomov(1968) tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko'rsatadiki, qal'aning ostki madaniy qatlami eramizdan oldingi asrlarda bino bo'lgan, 1974-yil arxeolog O.M.Rosatavsen boshchiligadi qal'ada qazishma ishlari amalga oshirilgan paytda milodning I va IV asrlariga oid arxeologik ashyolar topilgan.

Nur qal'asi mashhur Nur Chashmasinig ustki qismida suvga egalik qilish, dushman qamaliga bardosh berish maqsadida qurilgan. qal'aning ichki qurilishlari yaxshi saqlanmagan. Qal'aning eng baland minorasi bo'lgan kuzatuv maskanidan to'rt tomon yaqqol ko'rinib turgan. Kuzatuv punkti 26×26 metrni tashkil etadi.

Nur qal'asi qurilish tarixi o'ziga xosdir. U yetti qaroqchi yulduz turkumiga mos ravishda yettita minora va ularni birlashtiruvchi yettita minora va ularnoi birlashtiruvchi yo'laklar bilan birlashtirilgan. eng janubdagi va tog'ning yuqorisidagi minora qutb yulduziga mos qilib qurilgan. U asosiy minora bo'lib, bu yerda Nur beklarining qarorogohi joylashgan. Nur qal'asimimg asosiy me'moriy inshootlari IV-VII asrlarda qayta tiklangan. VIII asrda Nur qal'asi arablar tomonidan buzib tashlangan va Somoniylar davrida qayta tiklangan. Nur qal'asi XVII asrda yana mustahkamlanib qadimgi poydevor ustiga kuzatuv punktlari bunyod etilgan. Qal'a asosan xom g'ishtdan va g'ishtdan qurilgan. 1451-1457-yillarda Nur hokimi Pirko mo'g'ul, 1463-yilda Muhammad Jo'qiy (ning noqobil o'g'li Abdullatifning o'g'li, 1458-1462-yillarda Nursaidbek bo'lgan. Ular ham shu qal'adan turib Nurni idora etganlar Bugungi kunda ulkan tepaliklarga aylanib qolgan Nur qal'asi, G'ozg'ontepa, Dehibaland qo'rg'oni, Sentoptepa, Pashshot xarobalari, Bo'shang qal'a, Bekqo'ltepa, Doyloqtepa, Soptepa, Sanguzar, Soytepa va boshqa arxeologiik yodgorliklar bizga uzoq tariximizdan darak beradi.

Geografik o'rni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurota tumani O'zbekiston Respublikasining deyarli qoq o'rtasida joylashgan. Nurota Navoiy shahridan shimoli-sharqiy taraf—65 kilometr olisdagi tumanlardan biri. Nurotani shimoli-sharqdan Jizzax, janubi-sharq va sharqdan Samarqand viloyatlari o'rab turadi. G'arb va janubi-g'arbdan Navoiy viloyatining boshqa tumanlari bilan chegaradosh. Nurota tumani 40 va 41 shimoliy kengliklar, 65 va 66 sharqiy uzunliklar orasida joylahsgan. Xuddiy shu kengliklarda jahonning AQSH, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Albaniya, Gretsiya, Xitoy, Koreya va Yaponiya singari yirik davlatlar joylashgan. Ularing ko'pchiligi dengizbo'yi mamlakatlari bo'lib, iqlimi nam va issiqdir. Nurota esa materik ichkarisidagi oqlimi quruq va kontinental o'lka. Qishda -10 daraja sovuq va yozda +46 daraja issiq bo'ladi. O'rtacha yilllik yog'in 200-250 millimetrni tashkil etadi.

Nurota-mustaqillik yillarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiaton muataqillikka erishgan davrda mamlakat iqtisodiy qiyinchiliklar girdobida edi. Ayniqsa, tog'li tumanlardagi ijtimoiy ahvol ancha qiyin, odamlar og'ir turmush sharoitini boshdan kechirayotgan edi. 1991-yil Nurota tumanida 61,5 ming nafar aholi yashagan bo'lsa, keyingi yillarda bu raqam ancha kamaydi. 1996-yilga boribgina aholi ko'payishi kuzatilib, hududda yashovchilar soni 65 ming nafardan oshdi. O'tgan 30 yillik davr ichida tuman aholisi 50 foizga bortib, bugungi kunda qariyb 93 ming nafar kishi hududda doimiy ro'yxatda turib istiqomat qiladi. Mustaqilliknoing dastlabki yillaridan boshlab tumanda hayot sifatini yaxshilash, xususiy mulkchilikni rivojantirish, evaziga iqtisodiy iqtisodiy sohada ijobiy natijalarga erishildi. 200-ylda tumanning eksport hajmi 15,4 ming AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, keyinchalik mazkur jarayon taraqqiy etib, 2010-yilga kelib, 134,4 ming AQSH dollarini, 2018-yilda esa 37 milliard 036,8 ming dollarni tashkil etdi.

Mustaqillik yillarida qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish sohasidagi jarayonlar ham tumanning 30 yillik davri taraqqiyot davri davomidagi iqtisodiy o'sish sur'atlarini ko'rsatib beradi. Jumladn, sezilarli qurilish ishlari 1998-yildan boshlangan bo'lib, mazkur yilda tumanda 238,5 million so'mlik, 2007-yilga borib esa 8 milliard 111 million so'mliik, 2018-yilda 129 milliard 465 million so'mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Umuman olganda, 30 yillik davr tuman hayotida yuksalish va o'sish davri bo'ldi. Aholimimg bugungi hayot sifatini kechagi turmush bilan qiyoslab bo'lmaydi. Bu jarayonlar, ayniqsa, keyingi yillarda yanada jadallashdi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]