Foydalanuvchi:Humayro/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uchqun Quronboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi uzbek
Tavallud sanasi 18-iyul
Vazni 66kg
Sport
Qaysi sport dyuzdo
Medallar
Gran-pri bosqichlari gʻolibi va sovrindori, Jahon kubogi bosqichi gʻolibi

Uchqun Quronboyev (1996-yil 18-iyul, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 66 kg vazn toifasida. 2021-yilda XVI Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichlari gʻolibi va sovrindori, Jahon kubogi bosqichi gʻolibi.

2012-yilda Samarqand shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida 46 kg boʻlgan vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi. Keyingi yili Antaliyada (Turkiya) boʻlib oʻtgan Jahon yoshlari dzyudo turi bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritdi.[1]

2019-yilda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Gran-prida 66 kg vazn toifasida u finalda ozarbayjonlik dzyudochi Namig Abasli. [2]2020-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida u oʻz vazn toifasida finalda gruziyalik sportchi Giorgi Kaldanini.

2021-yilda Boku shahrida (Ozarbayjon) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-prida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Uorik shahrida (Buyuk Britaniya) Gran-pri bosqichida 66 kg vazn toifasida u finalda ispaniyalik dzyudochi Serxio Ibanesni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.[3][4] Tokiodagi (Yaponiya) Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz vazn toifasida finalda yana ispaniyalik dzyudochi Serxio Ibanesni magʻlub etdi va shu tariqa oʻyinlarning Olimpiya chempioni. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchqunga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „European Cup Cadets Antalya - Event“ (uzbek) (16 mar 2013 - 17 mar 2013). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. [https://regnum.ru/news/sport/2727801.htmlhttps://regnum.ru/news/sport/2727801.html Любое использование материалов допускается только при наличии гиперссылки на ИА REGNUM.“] (24 сентября 2019.). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  3. „IBSA World Cup Tbilisi - Event“ (o'zbek) (22 feb 2020 - 23 feb 2020). Qaraldi: 21-iyul 2022yil.
  4. „Наши парадзюдоисты заняли второе место в командном зачете на Гран-при в Баку“. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  5. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (9 сентября 2021 года.). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.