Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulshoda Safarova/W. Nelson Frencis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
W. Nelson Francis
Tavalludi
Winthrop Nelson Francis

23-oktyabr 1910-yil
Vafoti 14-iyun 2002-yil(2002-06-14)
(91 yoshda)
Providence, Rhode Island, U. S.
Alma mater Garvard Universiteti
Pennsylvaniya universiteti (Ph. D.)
Janr Nonfiction; reference
Turmush oʻrtogʻi Anne Funkhouser
Nearlene Burkley
Bolalari 3

W. Nelson Frencis (1910-yil 23-oktyabr - 2002-yil 14-iyun) – amerikalik yozuvchi, tilshunos va universitet professori. U Franklin &; Marshall kolleji va Brown universiteti fakultetlari aʼzosi boʻlib ishlagan va u yerda ingliz tili va korpus lingvistikasi boʻyicha faoliyat yuritgan. U Henry Kučera bilan birgalikda amalga oshirgan Brown University Standard Corpus of Present-Day American English nomli matn toʻplami ishi bilan mashhur.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Winthrop Nelson Frencis 1910-yil 23-oktyabrda Pensilvania shtatining Philadelphiashahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi ham Yangi Angliyadan edi. Uning onasi Calais shahrida katta boʻlib, kollejida oʻqigan va Bostondagi davlat maktabida dars bergan. Frencisning otasiga uylanib, Philadelphia koʻchib kelgan. Uning otasi Joseph Sidney Frencis[1] matematik va muhandis edi. Frencis Filadelfiyaning Germantown hududida oʻsgan va u erda Charles W. Henry jamoat maktabi va Penn Charter maktabida oʻqigan[2].

U 1931-yilda Garvard universitetida bakalavr darajasini oldi va u yerda ingliz, yunon, lotin va fransuz tillarini oʻrganishga eʼtibor qaratgan holda adabiyot boʻyicha taʼlim oldi[3]. Keyinchalik u Pensilvania universitetida oʻqidi va u yerda doktorlik dissertatsiyasini ingliz tilida 1937-yilda himoya qildi. Uning doktorlik dissertatsiyasi 14-asrdagi oʻrta ingliz tilisidagi (Middle English) matnni taqdim etdi va bu matn Frencis tomonidan keng muqaddima bilan tahrirlangan matn tahriri haqida edi. 1939-yilda professor va Middle English olimi Carleton Brawn Frencisning dissertatsiyasini oʻqib chiqdi va uni Angliyaga olib borib Early English Text jamiyatining Mabel kuniga taqdim etdi. 1942-yilda qoʻlyozma Oksford universiteti nashriyoti tomonidan nashr etildi[2][3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pensilvania universitetini tugatgandan soʻng, Frencis Franklin &amp; Marshall kolleji fakultetiga qoʻshildi va u yerda ingliz tilidan dars bera boshladi. 1957-yilda esa kollej oʻquv dasturini qayta koʻrib chiquvchi fakultet qoʻmitasiga rahbarlik qildi. Keyingi yilda ingliz tili kafedrasi mudiri etib tayinlandi. </link>[ iqtibos kerak ] Uning birinchi kitobi The Structure of American English (Amerika ingliz tilisining strukturasi) 1958-yilda nashr etilgan[3]. Ingliz tilining xilma-xilligi boʻyicha qilgan ilmiy ishi qoʻshimcha ravishda 14-asrdagi ingliz tilining Early English Text jamiyati uchun „Book of Vices and Virtues“ nashrini tuzish, yozish va tahrirlashni ham oʻz ichiga olgan edi. Olim Fulbright tadqiqot stipendiyasi bilan taqdirlanib, soʻngra 1956-1957-yillarda Norfolkda (Angliya) Lids universitetida tuzilayotgan "Survey of English Dialects" (Ingliz lahjalarini oʻrganish) boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi[3].

1962-yilda Brown universiteti fakultetiga tilshunoslik va ingliz tili professori sifatida ishga kirgan[2] Frencis 1964-yilda Brown universiteti va Tougaloo kollejining 1968-yilgacha davom etgan qoʻshma til loyihasi ustida ishlay boshladi. Loyiha Tougaloo kollejining afro-amerikalik birinchi kurs talabalari uchun standart amerikancha ingliz tili oʻquv dasturida lingvistik tamoyillarni qoʻlladi[3]. Loyiha tugallangach, u tilshunoslik boʻlimi mudiri boʻldi va 1976-yilgacha shu lavozimda ishladi[2].Oʻsha paytda faxriy professor unvoni bilan rasman nafaqaga chiqqan boʻlsa-da, tarixiy va qiyosiy tilshunoslikdan dars berishda va talabalarga maslahat berishda davom etdi. 1987-yilda esa Braunning yangi tashkil etilgan Kognitiv va lingvistik fanlar kafedrasi mudiri etib tayinlandi.1990-yilda Braun universitetida oxirgi kursini yakunlagan. </link>[ iqtibos kerak ]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brown korpusi

Brown fakultetiga qoʻshilgandan soʻng, Frencis Slavyan boʻlimi xodimlari sifatida dars bergan Henry Kučeradan kompyuter lingvistikasi kursini oʻqib-oʻrgandi. 1960-yillarning boshlarida ular Amerikancha ingliz tilining bir million soʻzdan iborat kompyuterlashtirilgan kesmasini tuzish boʻyicha hamkorlik qila boshladilar va bu Brown Standard Corpus of Present-Day American English korpusi (Hozirgi Amerika ingliz tilisining Brown standard korpusi) deb nomlanadi, lekin odatda Brown korpusi deb yuritiladi. 1963-1964-yillarda 1961-yilda nashr etilgan kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa tahrirlangan maʼlumotli va ijodiy-nasriy manbalaridan foydalangan holda tuzilgan Brown korpusi 1964-yilda tugallanib nashr etilgan. Korpusdagi har bir soʻz nutq qismi va manbaning mavzu toifasi bilan belgilanadi . Butun dunyo boʻylab tarqalgan Brown korpusi boshqa tillardagi shunga oʻxshash loyihalar uchun namuna boʻlib xizmat qildi va koʻplab ilmiy tadqiqotlar uchun asos boʻlib xizmat qildi. Jumladan, Frencis va Kučeraning 1967-yilda nashr etilgan Frequency Analysis of English Usage ("Ingliz tilidan foydalanish chastotasi tahlili") kitobini keltirish mumkin. .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Times, Special to THE NEW York. „MISS FUNKHOUSER SETS WEDDING DAY; She Will Become the Bride of Winthrop Nelson Francis on Nov. 25 in Roanoke, Va. CHOOSES 7 ATTENDAnt's Fiance, Member of Philadelphia Family, to Have Brother for His Best Man“. The New York Times (1939-yil 31-oktyabr).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Koerner, E. F.K. (1998). First Person Singular III: Autobiographies by North American Scholars in the Language Sciences, „A Pilgrim’s Progress: From Philology to Linguistics“, John Benjamins Publishing, pages 61–69. ISBN 978-9027245762
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Kučera, Henry (2016). "Obituary for W. Nelson Francis". Journal of English Linguistics 30 (4): 306–309. doi:10.1177/007542402237878. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]