Fulbright dasturi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uilyam Fulbright

Fulbright dasturi — AQShning sobiq senatori Uilyam Fulbrayt nomidagi taʼlim dasturi amerikaliklarga xorijda, chet-ellik mutaxassislarga esa AQShda oʻqish, oʻqitish va izlanish imkonini beradi.

Fulbrayt dasturiga turli yoʻnalishlar boʻyicha qatnashish mumkin. Biroq ishtirokchilar Amerikada biror ilmiy daraja, jumladan bakalavrlik, magistrlik yoki doktorlikka erishmaydi. Agar maqsadingiz ilmiy daraja olish boʻlsa, Fulbrayt boshqa imkoniyatlar ham taklif qiladi. 2006—2007 oʻquv yilida qator davlatlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Afgʻonistondan salkam 300 nafar mutaxassis Fulbright dasturining grantiga sazovor boʻlgan. Har yili kamida olti ming kishiga grant beriladi. Barcha xarajatlar Qoʻshma Shtatlar hukumati tomonidan qoplanadi. Fulbrightda qatnashib, Amerikaga kelgan Oʻzbekistonlik mutaxassis bu yerdagi talabalarga oʻzbek tilini oʻrgatish bilan birga, Oʻzbekiston madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti va oʻziga xos jihatlarini tanishtiradi.

Fulbrayt dasturida qatnashishni xohlovchilar diqqatiga. Milliy musiqa asboblarida chalish, milliy taomlar va pazandachilik, yetakchilik, notiqlik, ichki siyosatdan boxabar boʻlish, ingliz tilini mukammal bilish va hokazolar sizning dasturda gʻolib chiqish imkoniyatlaringizni oshiradi. Ishtirokchi TOEFL yoki IELTS kabi AQShda bilim olish uchun maxsus test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlishi zarur. Shu bilan birga xorijlik mutaxassis AQSh anʼanalari, bu yerdagilarning dunyoqarashi haqida maʼlumot oladi va muayyan fanlar boʻyicha dars olishi mumkin boʻladi.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siz Oʻzbekiston fuqarosi boʻla turib, Fulbright dasturida faqat Oʻzbekistonda yashab turganingizda qatnashishga haqlisiz.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]