Kontent qismiga oʻtish

Fotimaning ismlari va unvonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotima (milodiy 605/606–632) – islom paygʻambari Muhammadning qizi va uning amakivachchasi Roshidun xalifaligining toʻrtinchi xalifasi va shialikning birinchi imomi Alining rafiqasi[1]. Fotima shialik mazhabida Iso Masihning onasi Maryamga qiyos qilinadi[1][2]. Manbalarda Muhammad uni ayollarning eng yaxshisi[3][4] va oʻzi uchun eng aziz inson deb bilganligi aytilgan[5]. Fotimaga musulmon ayollarga oʻrnak tariqasida rahm-shafqat, saxiylik va azob-uqubatlarga sabrli va chidamli boʻlish namunasi sifatida qaraladi[1]. Muhammadning nasl-nasabi Fotima orqali saqlanib qolgan[5][4]. Musulmon qizlari uchun Fotima ismi va epitetlari eng koʻp tanlanadigan ism hisoblanadi[6][7].

Ismlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotimaning eng keng tarqalgan epiteti az-Zahra (soʻzma-soʻz'nur taratadigan, nurli')[3] boʻlib, bu uning taqvodorligi va muntazam ravishda namozni kanda qilmay oʻqiganligini koʻrsatadi[8][3]. Shia olimi Ibn Bobovahiyning (vafoti: 991) yozishicha, Fotima namoz oʻqiganda xuddi yulduzlar nuri yer ahli uchun porlaganidek, uning nuri jannat ahli uchun porlagan[9]. Fotima shialik mazhabida al-Siddiqa (soʻzma-soʻz'solihlar')[7], at-Tohira (soʻzma-soʻz'poklar')[10], al-Muboraka (soʻzma-soʻz'muborak')[10] va al-Mansura (soʻzma-soʻz'Alloh tomonidan yordam berilgan') kabi nomlar bilan atalgan[3]. Bir qancha muhaddislar farishtalarning Fotima bilan bir necha marotaba gaplashganliklari haqidagi rivoyatlarga asoslanib[11][12][13], uni Isoning onasi Maryamga qiyoslashadi[12].

Shia va sunniy hadislar toʻplamlarida, jumladan, „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“da Fotima Sayyidat Nisaʼ al-Janna (soʻzma-soʻz'jannat ayollaririning bekasi') va Sayyidat Nisaʼ al-Alamina (soʻzma-soʻz'dunyo ayollarining bekasi') nomlari bilan atalgan[4].

Fotima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima ismi shialarning Fotima, uning avlodlari va uning tarafdorlari (shiʼa) doʻzax oʻtidan omon qolganiga ishonishini bildiradi[3][12][14]. Shu bilan bir qatorda, shia manbalarida Fotima soʻzi ilohiy yaratuvchi kuchning yerdagi ramzi sifatida Fotir (soʻzma-soʻz'yaratuvchi', Xudoning ismi) nomi bilan bogʻlangan[12].

Kunyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotimaga Ummu Abiha (soʻzma-soʻz'otasining onasi') kunyasining berilgani uning otasiga juda gʻamxoʻr boʻlganini koʻrsatadi[8][15][5]. Umm al-Aima (soʻzma-soʻz'Imomlar onasi') kunyasi oʻn ikki imomda berilgan boʻlib[1], imomlardan oʻn bir nafari Fotimaning avlodi hisoblanadi[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Fedele 2018.
  2. Ernst 2003.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Buehler 2014.
  4. 4,0 4,1 4,2 Qutbuddin 2006.
  5. 5,0 5,1 5,2 Abbas 2021.
  6. Amir-Moezzi & Calmard 1999.
  7. 7,0 7,1 Rogerson 2006.
  8. 8,0 8,1 Ruffle 2011.
  9. Soufi 1997.
  10. 10,0 10,1 Campo 2009.
  11. Aslan 2011.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Ayoub 2011.
  13. Pierce 2016.
  14. Thurlkill 2008.
  15. Nashat 1983.
  16. Glassé 2001a.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]