Mariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mariya — xristianlikda xudo-ona, Iso Masihning onasi. Injilda aytilishicha, M. Iosifning xotini boʻlib, ilohiy homilador boʻlgan va Isoni tuqqan. Xristianlikda M.ga sigʻinish majusiylikdagi xudo-ona, hosildorlik maʼbudasi (Isida, Astarta)ga sigʻinish taʼsirida shakllangan. 2-jahon soborida (431 yil) M. xudoning onasi deb rasman tan olingan. M.ga sigʻinish, ayniqsa, katoliklarda keng ta-rqalgan. Katolitsizmda M.ning oʻzi ham ilohiy homiladorlik bilan tugʻilganligi haqida (1854-yil), M. vafotidan soʻng uning jasadi osmonga koʻtarilib ketganligi haqida (1950-yil) aqidalar qabul qilindi. 1964-yil papa Pavel VI M.ni cherkov onasi deb eʼlon qildi. M. va uning goʻdagi mavzusi oʻrta asr sanʼatida katta oʻrin egallaydi. M. islom dinida ham ayollar valiysi, homiysi sifatida ilohiylashtirilgan, uning nomi Qurʼonda tilga olingan (qarang Bibi Maryam).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil