Formaldegit
Formaldegit — mahsulotlat buzulishini oldini oladi. U kimyo sanoatida keng tarqalgan moddalardan biri boʻlib, suvash(shtukaturka), gulqogʻoz, tekstil, kovrolin, boʻyoq, moyboʻyoq, kauchuk, metall mebel, tanani oziqlantiruvchi va har qanday yuvish vositalarda, goʻsht, baliq, kolbasa, yogʻ, non, urugʻliklar, mol yemlarida, bola emlashlari va boshqa emlashlarda qoʻllanadi.
Hushboʻy hidlar va emulyatorlar barcha qoʻshimcha moddalarga buzilishni oldini oluvchi sifatida aralashtiriladi. Bundan tashqari, zamburugʻ kasalliklarida va tibbiy laboratoriyalarda himoya suyuqlik va sterilizatsiya qiluvchi modda sifatida ham qoʻllanadi.
Zararlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tahminan 40 yildan buyon keng koʻlamda qoʻllanilayotgan formaldegit kuchli mutagen va allergenlar orasidan oʻrin olgan. U shish, surunkali rinit, bronxial astma, allergik gastrit, kolit va xassos(yuqori) sezuvchanlikka sabab boʻladi. Sezuvchanlik esa keyingi bosqichlarda formaldegit taʼsirida yanada kuchli reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
U oshqozon kislotasi bilan reaksiyaga kirganida saraton (rak) keltirib chiqaruvch modda ishlab chiqaradi. Burun, oʻpka, miya raki va leykemiya keltirib chiqaradi. Kishilar qurilish mollaridan, pardoz va uy jihozlaridan tarqalgan, ozuqalar, tamaki, sigaret va havoga chiqarilgan boshqa gazlardagi formaldegitdan zaharlanishadi. Formaldegitdan tayyorlangan jihozlar qancha yangi boʻlsa, havoga aralashgan formaldegit miqdori ham yuqori boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Solih, Oydin. Haqiqiy tibbiyot, Istanbul, 2009.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |