Fedor Mauyer
Fedor Mixaylovich Mauyer | |
---|---|
Fayl:Мауер Ф.М.jpg | |
Tavalludi |
25-sentyabr 1897 |
Vafoti | 23-iyun 1963 |
Sohasi | biologiya fanlari doktori |
Akademik rahbarlari | Gavriil Zaysev |
Mashhur shogirdlari | Abdumavlon Abdullayev |
Fedor Mixaylovich Mauyer (1897.27.9, Qoʻqon — 1963.26.6, Toshkent) — seleksioner olim, biol. fanlari doktori (1955), professor (1957). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1923). Bosh paxta komitetining Turkiston seleksiyasi st-yasida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrin-bosari va boʻlim boshligʻi. Oʻrta Osiyo universiteti paxtachilik kafedrasi dots. (1923—31). 1932—49 yillarda Ozarbay-jon Paxtachilik institutida ishladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida boʻlim boshligʻi, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo universiteti biol-tuproqshunoslik fakulteti dots., professor (1950-63).
M. yovvoyi va madaniy gʻoʻza turlari evolyusiyasining tabiiytarixiy omillariga asoslangan, jahonda eʼtirof etilgan va mukammal hisoblanadigan gʻoʻza sistematikasini ishlab chikdi. M. Oʻzbekiston paxtachiligida urugʻchilik nazorati ishi tashkilotchisi, Ozarbayjonda ingichka tolali gʻoʻzani ekish tashabbuskori. M. oʻrta tolali AN-309, AN-304, AN-315, AN-318; ingichka tolali Giza-7, Si-Aylend— 1, Si-Aylend—2 va boshqa gʻoʻza navlarini yaratgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Proisxojdeniye i sistematika xlopchatnika, T., 1954; Gʻoʻza; t.1., T., 1957.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |