Abdumavlon Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdumavlon Abdullayevich Abdullayev (1930.13.7, Namangan viloyati, Pop tumani) – biolog-botanik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor (1980). O‘rta Osiyo universitetining biol.-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1952). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simliklar eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi) institutida ilmiy xodim (1957 –67), laboratoriya mudiri (1967 yildan), direktor (1971 - 82 va 1985 – 89). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi kish-lok xo‘jaligi fanlari bo‘limi raisi (1997–98). Abdullayev ilmiy ishlari seleksiyada g‘o‘zaning yaqin qarindosh va geografik uzoq, yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g‘o‘zaning filogenetik sistematikasi muammolariga bag‘ishlangan. Abdullayev g‘o‘za yovvoyi turlarining kariologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi. G‘o‘zaning yovvoyi turlarini yig‘ish bo‘yicha uning kelib chiqish markazlari bo‘lgan Meksika (1975), Peru (1984), Seylon, Xindiston, Xitoy (1989 – 90), Avstraliya (1997)ga uyushtirilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Evolyutsiya i sistematika poli-ploidnix vidov xlopchatnika, T., 1974; G‘o‘za turlari, T., 1977 (M. V. Omelchenko bilan hamkorlikda); Xlopchatnik, T., 1985 (A. Dariyev bilan hamkorlikda).