Faxriyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Faxriyor
Faxriddin Nizomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1963-yil (1963-10-05) (60 yosh)
Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Bakalavriyat: Samarqand davlat universiteti
Kasbi Shoir, dramaturg, adabiy tarjimon
Dini islom
Mashhur ishlari Saroy javohiri seriali va Choʻqintirgan ota filmi tarjimoni
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari Oltin qalam mukofoti

Faxriyor (asli ismi: Faxriddin Nizomov) — Shoir va tarjimon[1]. Internet-jurnalistika sohasida 1-darajali „Oltin qalam“ mukofoti sohibi. Shuningdek, „Dardning shakli“ (1997), „Ayolgʻu“ (2000), „Geometrik bahor“ (2004) va „Izlam“ (2017) kabi sheʼriy toʻplamlarining muallifi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963-yil 5-oktyabr kuni Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyatining Sangijumon qishlogʻida tugʻilgan. 1988-yili Samarqand Davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Gulxan“ jurnali, OʻzA — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti devoni, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy matbuot markazi, „Tafakkur“ jurnali, Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi, BMT Taraqqiyot dasturi, „Hurriyat“ gazetasi, „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida faoliyat koʻrsatgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxriyorning „Dardning shakli“ (1997), „Ayolgʻu“ (2000), „Geometrik bahor“ (2004), fransuz tilida „L’os des larmes“ („Koʻz yosh soyasi“, 2016, Parij), „Izlam“ (2017) sheʼriy toʻplamlari, „Yangilanish anʼanasi“ (1998) publitsistik maqolalar toʻplami va „Metahikoyalar oralab“ (2020) adabiy-tanqidiy maqolalar, intervyular toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlari fransuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, xitoy, ingliz, qozoq va uygʻur tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan. Internet-jurnalistika sohasida ham rus va oʻzbek tillarida  faol ijod qildi[2]. Uning Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi jugʻrofiy-siyosiy kurash, davlatlararo munosabatlar, mintaqadagi muammolarni hal etishda ShHT, KXShT, MDH singari tuzilmalarning tutgan oʻrniga oid koʻplab maqolalari dunyoning oʻnlab mamlakatlarida rus, ingliz, nemis, fransuz, xitoy va boshqa tillarda chop etildi.

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxriyor tarjimonlik faoliyatida taniqli AQSh siyosatchisi Hillary Clintonning „Bir bolaga yetti mahalla ota-ona“ (inglizcha: It Takes a Village), taniqli britaniyalik kalomshunos olim Timothy Winterning „XXI asrda islom: Postmodern dunyoda qiblani topish“ (inglizcha: Islam 2001: Finding the Qibla in a Postmodern World) va „Amerika hikoyalari“ (inglizcha: American Short Stories, hamkorlikda) kitoblarini, taniqli Amerika adibi va shoiri Edgar Allan Poning „Temirbek“ dostonini oʻzbekchalashtirdi.

Bundan tashqari, juda koʻp teleseriallarni („Saroy javohiri“, 54 seriya (Janubiy Koreya), „Yaxshi-yomon yigitlar“, „Federal politsiya“, 20 seriya (Avstraliya), hujjatli filmlarni („Buyuk ipak yoʻli“, 30 seriya, Yaponiyaning En-Eych-Key telekorporatsiyasi), badiiy filmlarni („Choʻqirtirgan ota“, 3 seriya (AQSh), „Paradizo kinoteatri“ (Italiya) ingliz tilidan oʻzbekchaga oʻgirdi. Koʻplab oʻzbek badiiy filmlarini ingliz tiliga tarjima qilgan. Dunyoning yetakchi AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) kompaniyalari (Microsoft, Samsung, Huawei, Nokia) taʼminot dasturlarini oʻzbekchalashtirishda qatnashgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yili Internet-jurnalistika sohasida 1-darajali „Oltin qalam“ mukofotiga sazovor boʻldi.

2015-yil 1-4 oktyabr kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtgan XI Turkiy xalqlar sheʼriyat festivalining Rami Garipov nomidagi bosh mukofotiga sazovor boʻldi.

2000-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Dardning shakli“
  • „Yangilanish anʼanasi“
  • „Ayolgʻu“[3]
  • „Geometrik bahor“[4]
  • L’os des larmes" („Koʻzyosh soyasi“)
  • Izlam
  • „Metahikoyalar oralab“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]