Farrux Berdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farrux Berdiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farrux Berdiyev
Tavallud sanasi 14-may 1991-yil (1991-05-14) (32 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Xoʻjand Tojikiston SSR SSSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Darvozabon
Vazni 80 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Neftchi
Raqami Darvozabonlar murabbiyi
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Tojikiston Tojikiston U-17
Boshqargan klublari
Years Team
2015—2020 Tojikiston Xoʻjand (D.r. murabbiy)
2020—2022 Tojikiston Istiqlol Dushanbe (D.r. murabbiy)
2022— Oʻzbekiston Neftchi (D.r. murabbiy)

Farrux Berdiyev (ruscha: Фаррух Бердиев; 14-may 1991-yil, Xoʻjand) – 2007-yil 20-avgustda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionati 2007 musoboqasi guruh bosqichida AQSh termasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan tojikistonlik futbolchilardan biri.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farrux faoliyatini dastlab Toshkentda, Chigatoydagi futbol akademiyasida boshlagan. Birinchi murabbiyi Ahmad Ubaydullayev[1]. Futbolchilik faoliyatida Regar-TadAZ va Xoʻjand jamoalarida oʻynagan. 2007-yil Tojikiston U-17 terma jamoasi tarkibida FIFA U-17 Jahon chempionati 2007 musoboqasida ishtirok etgan va 1/8 final bosqichiga yetib borishida katta hissa qoʻshgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Xoʻjandning „Xoʻjand“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyatini boshlagan. Xoʻjand klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan Noʻmonjon Yusupov va Vitaliy Levchenkolarga 2015-yildan 2020-yilgacha darvozabonlar oʻyingga tayyorlash boʻyicha yordamchilik qildi. 2020-yilgi mavsumdan Dushanbening „Istiqlol“ jamoasida ishladi[2] va 2022-yilgi mavsumgacha darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. 2022-yil yoz oyida Vitaliy Levchenkoning yordamchi murabbiyi sifatida „Neftchi“ jamoasi murabbiylar shtabidan joy oldi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]