Farida Abdurahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farida Abdurahimova
Tavalludi 11.08.1950
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi pedagogika
Mukofotlari

Farida Yoʻldoshevna Abdurahimova — (1950-yil, 11-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Pedagogika fanlari nomzodi(?), dotsent(?).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farida Abdurahimova 1950-yil 11-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1974-yilda Toshkent davlat universitetining   Jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastlabki mehnat faoliyatini 1968-yil respublika "Yoshlar"  gazetasining tahririyat kengashida kichik muharrir, keyinchalik muxbir sifatida boshlagan. U 1973—1992-yillar O’zbekiston Jurnalistlar ittifoqida assistent, boʻlim boshligʻi, maslahatchi va Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurahimova Farida tomonidan nashr etilgan kitob va maqolalari asosan oila va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. U „Oila — maʼnaviyat va qadriyat beshigi“, „Ayol o‘zi bir dunyo“, „Oila qo‘rg‘onini mustahkamlash — jamiyat farovonligi“, „Faxriya ayollar — yurt tayanchi“ nomli koʻplab kitoblar muallifi. Abdurahimova Farida mohir jurnalist va zukko ijodkor. Uning koʻplab asarlari Toshkent teatrlarida sahnalashtirilgan.

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farida Abdurahimova 1992—1995-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi madaniyat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy masalalar boʻlimi rahbari, 1995—1997-yillar Toshkent shahar Xotin-qizlar qo’mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Farida Abdurahimova 2004 va 2009-yillarda davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan[2]. U shuningdek, 2009-yil dekabrda Toshkent shahar xalq deputatlari shahar kengashi deputatligiga saylangan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farida Abdurahimova koʻp yillik siyosiy faoliyati davomida koʻrsatgan xizmatlari uchun 1999-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“, ordenlari, Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan estalik nishonlari, 2019-yil „Nuroniy“ jamgʻarmasining „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Abdurahimova Farida