Estadio de la Cerámica

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Estadio de la Seramika
Toʻliq nomi Estadio de la Cerámica
Sobiq nom(lar)i Campo del Villarreal (1923–1925)
Estadio El Madrigal (1925–2017)[1]
Joyi Vilyarreal, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Qachon qurilgan 1923-yil
Qachon ochilgan 1923-yil 17-iyun
Qachon taʼmirlangan 1952-yil, 2005-yil
Egasi Villareal
Yuzasi sunʼiy maysa
Hajmi 24.890
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Villareal

Estadio de la Seramika (ispan. Estadio de la Cerámica) — Vilyarrealdagi koʻp funksiyali stadion. U asosan futbol o'yinlari uchun ishlatiladi va mahalliy "Villarreal" futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. 25.000 o'ringa mo'ljallangan stadion 1923-yilda ochilgan. Stadionga o'rtacha 17.000 tomoshabin tashrif buyuradi; bu shaharda 50.000 dan kam aholiga ega ekanligi hisobga olinadigan boʻlsa, bu juda yaxshi natija.

ESTADIO3.jpg

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion 1923-yil 17-iyunda Servantes va Kastellon o'rtasidagi o'yinda ochilgan. U ochilganda «Kampo del Villareal» deb nomlangan va stadion ikki yildan so'ng ikkinchi — Estadio El Madrigal nomini oldi va shu bilan birga Feudo Amarillo laqabini oldi.

Stadionning birinchi rekonstruktsiyasi 1952-yilda yozda, ikki mavsum oraligʻida bo'lib o'tdi. Maydon o'lchamlari standartlarga mos kelishi uchun 95m x 65m dan 105m x 65m gacha o'zgartirildi. 1960-yillarda stadionda tribunalar ustida tom o'rnatildi. 1971/1972-yilgi mavsumda ish yakunlandi. 1988-yilda stadion yana rekonstruksiya qilindi, u o'zining hozirgi qiyofasini oldi va "Villarreal" — "Atletico Madrid" o'yini bilan ochildi.

Klubning 75 yilligi munosabati bilan stadion yana rekonstruksiyadan o'tkazildi. Janubiy qismga vip-joylar o'rnatildi, shimoliy qismda esa pardozlash ishlari olib borildi. Stadion yaqinida «Villarreal» laqabi sharafiga sariq suv osti kemasi haykali o'rnatilgan.

2017-yil 8-yanvarda La Liganing «Barselona»ga qarshi o'yinidan oldin «Villarreal» mahalliy ishlab chiqarish sharafiga stadion nomini El Madrigaldan Estadio de la Seramika (keramika stadioni)ga o'zgartirdi.

2021-yil fevral oyida Norvegiyaning Molde klubi oʻz mamlakatlarida COVID-19 sababli sayohat cheklovlari tufayli Yevropa Ligasi soʻnggi 32-uchrashuvini ushbu oʻyingohda oʻtkazdi.[2]

UEFA Chempionlar Ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion Chempionlar Ligasiga qabul qilinishidan oldin shoshilinch ravishda kichik taʼmirdan oʻtkazilib, kiyim almashtirish xonalari taʼmirlandi, UEFA delegatlari uchun xonalar, doping nazorati xonalari qoʻshildi, matbuot anjumani xonasi kengaytirildi, fasad sariq koshinlar bilan yangilandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Estadio de la Cerámica. VILLARREAL CF (3-may 2017-yil).
  2. Molde v Hoffenheim to be played at Villarreal's stadium. BESOCCER (8-fevral 2021-yil).