Erkin Gadoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erkin Fayziyevich Gadoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1959-yil
Buxoro, Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Erkin Fayziyevich Gadoyev (tugʻ. 1959-yil Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan iqtisodchi., Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Soliq akademiyasi rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi[1].

Biografiyasisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkin Gadoyev Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 2001-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan[2]. 2006-yildan 2018-yil dekabrigacha Erkin Fayziyevich Oʻzbekiston Soliq akademiyasi rektori lavozimida ishlagan. 2020-yil yanvar oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3], soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi departament direktorining birinchi oʻrinbosari[1]. 2020-yil 20-yanvardan esa Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[2]. Shuningdek, 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Buxoro viloyatidan senator etib saylangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Гадоев Эркин Файзиевич“. Centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  2. 2,0 2,1 [https://lex.uz/docs/5105281 „Совместное постановление Кенгаша Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан и Кенгаша Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан О создании межпарламентской группы Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Верховной радой Украины“]. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  3. „Знакомтесь: председатели комитетов Сената Олий Мажлиса“. Uzreport.news. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.