Ene Ergma
Ene Ergma | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
29-fevral 1944-yil Rakvere, Estoniya SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Estoniya |
Siyosiy partiyasi | „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi |
Taʼlim | Moskva davlat universiteti |
Ene Ergma (1944-yil 29-fevral, Rakvere) — estoniyalik astrofizik va siyosatchi, Estoniya Fanlar akademiyasining aʼzosi. 2003-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilda 2014-yilgacha Riigikogu (Estoniya parlamenti) raisi boʻlgan[1]. 2007-yilning may oyidan „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisi oʻrinbosari.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ene Ergma Viljandi shahridagi Carl Robert Jakobson nomidagi oʻrta maktabni tamomlagan (1962). Tartu universitetining fizika fakultetida tahsil olgan (1962—1964), 1969-yilda Moskva davlat universitetining fizika fakultetining astronomiya fakultetini tamomlagan. Bu universitetda Ene Ergma fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi (1972) va 1984-yilda „Yulduzlar evolyutsiyasining soʻnggi bosqichlarida termoyadro yoqilgʻisining beqaror yonishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1][2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ergma Estoniya SSR Fanlar akademiyasining Astronomiya institutida kichik ilmiy xodim (1972—1974), SSSR Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida kichik, keyin esa katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, ilmiy direktor boʻlib ishlagan (1974—1988). 1988—1992-yillarda Tartu universitetining nazariy fizika va astrofizika kafedrasi professori[3], 1992—1998-yillarda esa Nazariy fizika instituti mudiri lavozimlarida ishlagan. Ene Ergma ilmiy faoliyatining choʻqqisi Estoniya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimi boʻlgan (1999—2004). Ene Ergma Estoniya TEA ensiklopediyasi tahririyat kengashi aʼzosi (2008).
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda Res Publica partiyasiga aʼzob boʻladi. 2003-yilda X chaqiriq Riigikogu deputati boʻladi. Shuningdek, XI va XII chaqiriqlar Riigikogu deputati boʻlgan. Keyingi ikki yil ichida parlament spikeri boʻlgan. 2006-yilda oʻzining nomzodini prezidentlikka qoʻygan. Estoniya parlamentining 2/3 ovozini olmasdan saylovda yutqazadi. 2007-yildan „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisining oʻrinbosari[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 [Eesti Teaduste Akadeemia aastaraamat. Faktid ja arvud XXV (52) 2019. Tallinna, 2020, lk 99]
- ↑ Eesti Teaduste Akadeemia liikmeskond II: 1938-1998. Tallinn, 1998, lk 36-37.
- ↑ Ene Ergma
- ↑ „Riigikogu juhatus“. Riigikogu.
- ↑ esa „Estonia accedes to ESA Convention“. European Space Agency. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.