Kontent qismiga oʻtish

Emre Kıvılcım

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emre Kiviljim
Tavalludi 2-sentyabr, 1990
Malatya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2014-

Emre Kıvılcım (1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan) – turkiyalik Aktyor.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan Emre Kıvılcım oʻn yoshiga qadar oʻz shahri Malatyada yashab, keyin hayotini Istanbulda davom ettirdi[1]. Emre Kıvılcımning asl kasbi - kimyo muhandisi. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Lekin aktyorlikka qiziqa boshlaganidan keyin muhandislik faoliyatini toʻxtatgan. Sadri Alışık madaniyat markazida stipendiant sifatida bir muddat aktyorlik yoʻnalishida tahsil oldi va 7-kanal ekranlarida namoyish etilgan „Zeytinyağlı Yiyemem Aman“ nomli filmda rol ijro etgan.

Emre Kıvılcım „Elif“ deb nomlangan serialda suratga tushgan. Bu serialda Selim obrazini jonlantirgan. Serial xorijda, ayniqsa, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida tomoshabinlarning katta eʼtiboriga sabab boʻldi va bir nechta rekordlarni yangiladi[2]. Ushbu serial ortidan xalqaro mashhurlikka erishgan Kıvılcım Indoneziyadagi LC Waikiki brendining yuziga aylandi[3]. Bu serialdan soʻng u 2018-yilda FOX TV telekanalida namoyish etilgan „Adı Zehra“ serialida suratga tushdi.

2019-yilda rejissyor Xoqon Haksun boshchiligida suratga olingan „ Kim baxtliroq“ filmida „Kamol“ obrazini jonlantirgan.

2020-yilda Bozdag Film tomonidan suratga olingan „Türkler Geliyor: Adaletin Kılıcı“ filmida „Akıncı Sungur“ obrazini gavdalantirdi[4].

2021-yilda u Bozdağ Film tomonidan Metin Günay rejissyorligida suratga olingan tarixiy fantatika janridagi „Mendirman Jaloliddin“ teleserialida Jaloliddin Xorazmshoh obrazini jonlantirgan[5]. Ushbu serial Turkiya va Oʻzbekistonning oʻzaro hamkorligida suratga olingan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol
2014 Zeytinyağlı Yiyemem Aman Mustafo
2017 Cinayet-i Aşk Selim
2019 Kim Daha Mutlu? Kamol
2019 Türkler Geliyor: Adaletin Kılıcı Sungur
Yil Nomi Rol
2014–2017 Elif Selim Emiroglu
2018 Adı: Zehra Genco Yaman
2021 Mendirman Jaloliddin Jaloliddin Xorazmshoh
2022 Orzular va hayot
  1. „EMRE KIVILCIM | Art-İstanbul“ (tr-TR). 15 şubat 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  2. „Endonezya'da Elif izdihamı“ (Türkçe). hthayat.haberturk.com. 5 eylül 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  3. „LC Waikiki Opens First Stores in Indonesia and Kenya“ (İngilizce). www.prnewswire.com. 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  4. „Türkler Geliyor: Adaletin Kılıcı oyuncuları kimdir, konusu nedir? Türkler Geliyor Adaletin Kılıcı filmi oyuncuları“ (Türkçe). www.hurriyet.com.tr. 21 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  5. „Özbek-Türk ortak yapımı 'Mendirman Celaleddin' Özbek izleyicilerle buluştu“. www.aa.com.tr. 14 şubat 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.