Mendirman Jaloliddin
Mendirman Jaloliddin (turkcha: Bozkır Arslanı Celaleddin) | |
---|---|
Rasmiy poster | |
Turi | TV serial |
Janri |
Tarixiy Ilmiy-badiiy Jangari |
Muallif(lar) | Mehmet Bozdagʻ |
Yaratuvchi(lar) | Ozodbek Nazarbekov |
Rejissyor |
Metin Günay Nurgissa Almurat Reza Himmeti |
Rollarda |
Emre Kıvılcım Javohir Zokirov Gülenay Kalkan Ünlüogʻlu Cemal Hünal Yulduz Rajabova Rano Shodiyeva Rayhan Ulesanova Tohir Saidov Saida Rametova Sezgin Erdemir Ferhat Yılmaz Kaan Yalçın |
Tematik musiqa bastakori | Alpay Göktekin, Çem Öğet |
Mamlakat |
Oʻzbekiston Turkiya |
Til |
Oʻzbekcha |
Mavsumlar soni | 2 |
Qismlar soni | 30 |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Mehmet Bozdagʻ |
Joy | Riva, Beykoz[1] |
Kinematografiya | Bozdagʻ Film |
Qism davomiyligi | 60-90 daqiqa |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal |
Milliy TV ZO‘R TV |
Tasvir formati |
576i (SDTV) 1080i (HDTV) |
Translyatsiya davri | 14-fevral, 2021-yil | — 6-may, 2023-yil
Holati | tugagan |
Tarixi | |
Avvalgi qism |
1-mavsumni tomosha qilish: Oʻzbek tilida Turk tilida |
Mendirman Jaloliddin (turkcha: Mendirman Celaleddin) — Chingizxonga qarshi jasorat bilan kurashgan sarkarda, Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlanib suratga olingan oʻzbek-turk hamkorligidagi tarixiy serial.
2019-yil sentabr oyida Toshkentda "Mendirman Jaloliddin" seriali ustida ish boshlanishidan oldin "Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi va filmning gʻoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilindi.
Ushbu anjumanda Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Erondan kelgan olimlar va tarixchilar qatnashdilar. Ular Jaloliddin Manguberdining tarjimai holi va oʻsha paytda sodir boʻlgan voqealar talqinini muhokama qildilar.
"Mendirman Jaloliddin" seriali Turkiyaning "Tirilish: Ertugʻrul" va "Hukmdor Usmon" kabi seriallari bilan mashhur boʻlgan "Bozdag film" kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.
Serialning Oʻzbekistondagi premyerasi 2021-yil 14-fevralidan Milliy TV telekanalida efirga uzatila boshlandi.
Serialning 2-fasli Oʻzbekistonda 2023-yil 14-yanvaridan ZO‘R TV telekanalida premyera qilindi va har shanba efirga uzatilishi maʼlum qilindi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor | Rol |
---|---|
Emre Kiviljim | Jaloliddin Manguberdi – Xorazmshohlar davlatining oxirgi hukmdori. Xorazmshoh Olovuddin Muhammadning va Oychechak hotunning oʻgʻli.U juda kuchli shahzoda.Mehribon va teran fikrli sultondir. |
Yulduz Rajabova | Qutlugʼbeka Honim. Jaloliddinning suyukli ayoli. Chingizxon qishlogʻidan olib kelgan.Shahzoda Qutbiddinning onasi.U 30-qismda moʻgʻullar uni va bolasini oʻldirmasligi , ularga asir boʻlmasligi uchun daryog oʻzinini va bolasini choʻktirgan.U mehribon inson edi. U Turkon xotun bilan ko'p ziddiyatlarga borgan. Va Qaynonasi Oychechak bilan juda ham inoq edi. |
Kaan Yalchin | Xorazmshoh Muhammad. Alouddin Takashning oʻgʻli, Jaloliddinning otasi.Oʻzi fikri bilan emas boshqalarni fikri bilan ish qiladigan sulton.Uning aqlsizligi sababi davlat deyarli qulashi paytida kelgan. |
Raʼno Shodiyeva | Oychechak xotun. Xorazmshoh Muhammadning xotini. Jaloliddinning onasi. Juda ham mehribon o'gli uchun hamma narsaga tayyor inson. U serialning bir qismida Kundoshi Mehrijahonjing keliniga tarsaki tushiradi.U moʻgʻul askarlari ha a'sir tushmasligi uchun oʻzini Sin daryosiga sakragan. |
Gulenay Kalkan | Turkon xotun. Alovuddin Tekishning xotini. Xorazmshoh Muhammadning onasi.Kibri juda kuchli ayol.U serial oxirida Chingizxonga asir boʻlgan.Uni qutqargani Oʻgʻuzlardan Jaloliddinni g odami keladi lekin Turkon xotun buni rad etadi.U oʻylamasdan ish qiladi va koʻpincha oʻzini oʻylaydi. |
Javohir Zokirov | Chingizxon. Atoqli moʻgʻul hukmdori va sarkardasi — Moʻgʻullar imperiyasi asoschisi. |
Ali Xon | Joʻji. Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli.Shavqatsiz sarkarda. |
Akmal Mirzo | Sabutay. Jelma noyonning ukasi, Chingizxonning toʻrt buyuk sarkardasidan biri |
Sezgin Erdamir | Temur Malik. Xorazmshohlar davlat arbobi, Xoʻjand hokimi. Jaloliddinning ustozi. U Oʻrta Osiyoni bosib olish chogʻida Chingizxon qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatishi bilan mashhur boʻladi |
Jamol Hunal | Baxrom. Chingizxonning aygʻoqchilaridan biri boʻlgan hashshoshiylarning shafqatsiz rahbari |
Akbarxoʻja Rasulov | Qutbiddin Oʻzloq Shoh. Xorazmshoh Muhammadning oʻgʻli va Xorazmshoh Jaloliddinning ukasi. Xorazmshoh shahzodasi. |
Rayhon Ulasenova | Mehrijaxon. Xorazmshoh Muhammadning kenja xotini. Oʻzloq Shohning onasi. U juda ham makkora ayol edi. U serialda vabo kasalligi tufayli vafot etadi. |
Tohir Sayidov | Nizomulmulk. Ehtiyotkor va ayyor davlat amaldori. U seriayalning oxirgi qismlarda Chingizxon tomonidan oʻldiriladi sababi u qochib ketmoqchi edi. |
Yahyo Poʻlatov | Oqshoh. Xorazmshoh Muhammadning oʻgʻli va Xorazmshoh Jaloliddinning ukasi Xorazm shahzodasi. Har bir narsaga davlat manfaati nuqtai nazaridan yondashadigan tafakkurli, dono va zukko shahzoda. Katta akasi Jaloliddindan kam boʻlmagan mard yigit |
Mahliyo Asqaraliyeva | Shirin xotun . Shaxzoda O'zlokshoning rafiqasi. Mahliyo Asqaraliyeva serialning 2-mavsumida rol oʻynaydi. 1-mavsumida esa Feruza Normatova rol ijro etgan. Shirin xotun ozini olovga tashlab vafot etadi. U homilador boʻladi. |
Efirga uzatilish vaqti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fasl | Efir kuni va soati | Fasl boshlanishi | Fasl tugashi | Suratga olingan qismlar soni | Qismlar oraligʻi | TV fasli | TV kanal |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1-fasl | Yakshanba 20:30 | 14-fevral 2021-yil | 9-may 2021-yil | 13 | 1-13 | 2021 | Milliy TV |
2-fasl | Shanba 21:10 | 14-yanvar 2023-yil | 6-may 2023-yil | 17 | 14-30 | 2023 | Zoʻr TV |
Serialning birinchi qismi chiqishi bilanoq turli davlatlarda, jumladan Pokinstonda ommalashib ketdi va urdu tilidagi subtitrlar bilan efirga uzatila boshlandi.[1]
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film namoyishi boshlanganida ijtimoiy tarmoqlarda u haqda turli fikrlar bildirila boshladi, eʼtiroflar bilan birga tanqidlar ham qilindi. Xususan, bloger Eldar Asanov filmda koʻrsatilgan voqeʼliklarni tarixiy nazariyalar asosida solishtirib, serialda yoʻl qoʻyilgan bir nechta kamchiliklarni sanab oʻtgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „'Diriliş: Ertugʻrul' dizisinin prodüksiyonunda yok yok!“. sabah.com.tr.
- ↑ „«Mendirman Jaloliddin»da tarixiy haqiqat qay darajada aks etgan? Mutaxassis munosabat bildirdi“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.[sayt ishlamaydi]