Emil Yungvaldxilkevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emil Yungvaldxilkevich
Tugʻilgan sanasi 23-aprel 1897-yil
Tugʻilgan joyi Kiyev, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 6-avgust 1967-yil(1967-08-06)
(70 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi opera rejissyori, teatr pedagogi
Mukofotlari

 

O‘zbekiston SSR xalq artisti

Emil Olgerd Iosifovich Yungvaldxilkevich (1897-yil 14(26)-aprel, Kiyev, Rossiya imperiyasi – 1967-yil 6-avgust, Toshkent, OʻzSSR) – opera rejissyori, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Oʻzbek operasi asoschilaridan.

Kiyev teatr akademiyasini tugatgan (1920). 1922—1934-yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa, Perm opera teatrlarida rejissyor. Toshkent rus opera va balet teatrida, Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1934—1940), Olmaota opera va balet teatrida (1940—1943) bosh rejissyor, badiiy rahbar. 1943—1967-yillarda Toshkent konservatoriyasida pedagog, dotsent (1964). 1943—1964-yillar (oradan uzilishlar bilan) Navoiy teatrining bosh rejissyori. „Farhod va Shirin“ (V.Uspenskiy, G.Mushel) musiqali dramasi va „Er Targʻin“ (Y. Brusilovskiy), „Buyuk kanal“, „Boʻron“ (S.Vasilenko, M.Ashrafiy,), „Tohir va Zuhra“ (T.Jalilov, B.Brovsin), „Karmen“ (J.Bize), „Yevgeniy Onegin“ va „Qargʻa motkasi“ (P.Chaykovskiy, oʻzbek tilida), „Dilorom“ (M.Ashrafiy), „Knyaz Igor“ (A.Borodin) kabi operalarni rejissyor sifatida sahnalashtirgan[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emil Olgerd 1897-yilda Kiyevda tugʻilgan. Otasi polshalik zodagonlar oilasidan boʻlib, Gʻarbiy Ukrainada temir yoʻllarga egalik qilgan[2]. Onasi italiyalik, opera qoʻshiqchisi Lina Kavalyerining singlisi edi[2]. Oilaviy afsonaga koʻra, kichik Yungvaldxilkevich Emil Zolyaning onasini sevib qolgan va oʻgʻlini uning sharafiga Emil deb atagan[2].

Emil ilagri rus estrada xonandasi Aleksandr Vertinskiy va shoir Konstantin Paustovskiy oʻqigan Kiyev birinchi imperator Aleksandr gimnaziyasida tahsil olgan[2]. 1920-yilda Kiyev teatr akademiyasini tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini K.Libknext nomidagi Kiyev opera va balet teatrida boshlagan. 1922—1934-yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa va Perm opera teatrlarida rejissyor boʻlib ishlagan. Sverdlov nomidagi Rossiya opera va balet teatrida, Toshkentdagi Oʻzbek musiqali teatri (hozirgi Muqimiy teatri, (1934—1940)), Olmaotadagi Abay nomidagi opera va balet teatrida (1940—1943) bosh rejissyor va badiiy rahbar sifatida daoliyat olib borgan. 1943—1964-yillar davomida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida bosh rejissyor, 1947-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1964-yildan dotsent) boʻlib ishlagan[3].

1945-yilda VKP(b) safiga qabul qilingan. OʻzSSR Oliy Sovetining toʻrtta chaqiriq (ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi hamda beshinchi chaqiriqlar) deputati boʻlgan[4].

1967-yil 6-avgustda Toshkentda vafot etgan. Botkin qabristoniga dafn etilgan[5].

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nina Ivanovna Yungvaldxilkevich bilan turmush qurgan (qizlik familyasi Buyko; 1909—1992). Oʻgʻli – Georgiy Emilevich Yungvaldxilkevich (1934—2015) – sovet va rus kinorejissyori, ssenariynavis, rassom, prodyuser[7]. Nevaralari: Natalya Yungvaldxilkevich (1960-yilda tugʻilgan) va Nina Yungvaldxilkevich (1997-yilda tugʻilgan)[8].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Er Targʻin“ (Y.Brusilovskiy) – 1938
  • „Nergiz“ (Magomayev) – 1939
  • „Boʻron“ (M.Ashrafiy va S. Vasilenko) – 1939
  • „Tutqin qiz“ (V.Velikanov) – 1939
  • „Altin Astik“ („Oltin boshoq“) (Y.Brusilovskiy) – 1940
  • „Yevgeniy Onegin“ (oʻzbek tilida) (P.Chaykovskiy) – 1940
  • „Ivan Susanin“ (Y.Brusilovskiy) – 1941
  • „Tohir va Zuhra“ (T.Jalilov) va B.Brovsin – 1948
  • „Karmen“ (J.Bize – 1944 (1950-yilda davom ettirilgan)
  • „Qargʻa motkasi“ (P.Chaykovskiy) – 1947 (1950-yilda davom ettirilgan)
  • „Dilorom“ (M.Ashrafiy) – 1958
  • „Knyaz Igor“ (A.Borodin) – 1963

Musiqali dramasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]