Kontent qismiga oʻtish

Konstantin Paustovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Paustovskiy
Tavalludi 19 (31) may 1892[1]
Vafoti 14-iyul 1968[2][3]
Ijod qilgan tillari Rus tili[4]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Paustovskiy Konstantin Georgiyevich [1892.19 (31). 5, Moskva —1968.14.7, Kaluga viloyatining Tarusa shahri] — rus yozuvchisi. Dastlab Kiyev universitetining tabiiy-tarix fakulteti (1911 — 13), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida uqigan. "Romantiklar" ilk romani 1916—23 yillarda yozilgan. 1935-yilda nashr etilgan bu romanda, "Tovlangan bulutlar" (1929) romanida boʻlganidek, P. nasriningoʻziga xos xususiyaglari — kishilardagi ez-gulik tuygʻulariga, mardlik, dustlik, olijanoblkk singari fazilatlarga eʼtibor sezilib turadi. "Jazava" (1925), "Mustamlaka mollari uchun yorliklar" (1928), "Kora dengiz* sikgari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuygʻulari, bu yurtlarga qilingan sayoxat taassurotlari, uchrashish za vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi. Romantik ruxdagi "Qorabugʻoz" (1932), "Kolxida" (1934) va "Shimol qissasi" (1938) qissalari hamda koʻplab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilardagi yuksak insoniy hislatlarni tasvirlashga alo-hida eʼtibor bergan. P. 30-yillarning 2yarmidan boshlab sanʼatkorlar hayoti va ijodiy mehna-tiga bagʻishlangan asarlar ("Orest Kiprenskiy", "Isaak Levitan", 1937; "Taras Shevchenko", 1939; "Oʻrmonlar qissasi", 1949; "Ol-tin gul", 1956) yozishga kirishdi. Yozuvchi urushdan keyingi davrda oʻz hayoti voqea va hodisalari bilan toʻyingan "Hayot haqida qissa" epopeyasini yaratdi (1-qism — "Yiroq yillar", 1945; 2-qism —"Sertashvish yoshlik", 1955; 3-qism — "Notanish asrning muqaddimasi", 1957; 4-qism — "Katta umidlar davri", 1959; 5-qism — "Janubga intilish", 1960; 6-qism — "Darbadarlik kitobi", 1963). P. bu soʻngti asarida 20-asrning dolgʻali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mujassamlantirib bergan. P.ning nozik tuygʻu va kechinmalar bilan yoʻgʻrilgan asarlari oʻzbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan. "Yiroq yoʻllar" va "Oltin gul" qissalari hamda bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

  • Eski shinelli chol [Hikoyalar], T., 1963; Sobraniye sochineniy, t. —1—8, M., 1967-70.
  • Kremensov A. I., K. G. Paustovskiy. Jizn i tvorchestvo, M„ 1982.




  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)