Ellada qahramonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ellada qahramonlari
Muallif(lar) Vera Smirnova (tayyorlovchi)
Tarjimon(lar) Mirziyod Mirzoidov
Til yunon
Janr(lar)i afsonalar
Nashriyot „Yosh gvardiya“ (2-nashr)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1976 (2-nashr)
Sahifalar soni 144 (2-nashr)

„Ellada qahramonlari“yunon xalq afsonalari toʻplami. Toʻplamni Vera Smirnova tuzgan va bolalar uchun moslashtirib, nashrga tayyorlagan. Asarni oʻzbek tiliga Mirziyod Mirzoidov tarjima qilgan. Kitob oʻzbek tilida ikki marta nashr qilingan.

Afsonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argonavtlar

  • Oltin junli qoʻchqor
  • Bir oyogʻiga shippak kiygan odam
  • Joʻnab ketish
  • Lemnos orolida
  • Ayiq togʻi
  • Kemadagi janjal
  • Bebriklar mamlakatida
  • Argonavtlar Salmidessda. Finey kaptari
  • Ochilib-yopilib turadigan qoyalar orasida
  • Yoʻl oxiri
  • Yazon Kolxida shohi huzurida
  • Sehrgar Medeya
  • Ares dalasida
  • Oltin junli terini olib qochish
  • „Argo“ning qaytib kelishi
  • Yazonning oʻlimi

Gerakl

  • Qahramonning tugʻilishi
  • Gera Geraklni halok etmoqchi boʻladi
  • Yoʻl tanlash
  • Birinchi qahramonlik. Gerakl Nemey arslonini oʻldiradi
  • Ikkinchi qahramonlik. Gerakl Lerney ajdahosini oʻldiradi
  • Uchinchi qahramonlik. Greakl Keriney ohusini quvib yetadi
  • Toʻrtinchi qahramonlik. Gerakl yerni Erimanf toʻngʻizidan xalos qiladi
  • Beshinchi qahramonlik. Gerakl Stimfal qushlarini haydab yuboradi
  • Oltinchi qahramonlik. Gerakl Avgiy otxonasini tozalaydi
  • Yettinchi qahramonlik. Gerakl Krit buqasini boʻysundiradi
  • Sakkizinchi qahramonlik. Gerakl Diomedning otlarini olib keladi
  • Toʻqqizinchi qahramonlik. Gerakl jangda yengib, Ippolitaning kamarini olib keladi
  • Oʻninchi qahramonlik. Gerakl okeanga yoʻl ochadi va Garionning podasini haydab keladi
  • Oʻn birinchi qahramonlik. Gerakl dunyoning chekkasiga borib, Gesperidalarning olmasini olib keladi
  • Oʻn ikkinchi qahramonlik. Gerakl oʻliklar dunyosiga tushadi va Kerberni yengadi
  • Gerakl asirlikda
  • Gerakl Prometeyni ozod qiladi
  • Geraklning oʻlimi

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ellada qahramonlari“ni oʻzbek tiliga 1955-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Mirziyod Mirzoidov tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida ikki marta nashr qilingan. Oʻzbek tilidagi ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzayev – muharrir, I Arxipov, G. Jirnov – rassomlar, K. Aliyev – rasmlar muharriri, T. Gulak – texnik muharrir, M. Shayxova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.