Olimjon Salimov
- Vikipediyada ismi Olimjon va familiyasi Salimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Olimjon Salimov | |
|---|---|
| Tavalludi |
30-avgust 1947-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Aktyor, rejissyor |
| Mukofotlari |
|
Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—1984-yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—1993-yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida „Bir xonada qoʻsh hangoma“ (A. Vampilov), „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (Ch. Aytmatov), „Jafoga vafo“ (Alp Jamol), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov, „GranPri“ mukofoti, 1988, 1989), „Toshkentga sayohat“ (Hamza), „Ot yigʻlagan tomonda“ (T. Murod), „Ufq“ (S.Ahmad), „Boz masxaraboz“ (O.Salimov), „Sohibqiron“ (A. Oripov), „Turna patlari“ (Dzuindzi Kinosito), „Ikki moʻjiza“ (K. Gotssi), „Dala sayli“ („Piknik“, F. Arabbal), „Uchar tabib“ (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990)[1].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2023 | Abdulla Oripov | ||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 30-avgustda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Kosonsoyda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar