Kontent qismiga oʻtish

Mirziyod Mirzoidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirziyod Mirzoidov
Tavalludi 1930-yil
Yunusobod qishlogʻi, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 6-aprel 1980-yil
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Kasbi filolog, tarjimon, muharrir

Mirziyod Mirzoidov (1930-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR1980-yil 6-aprel, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarjimoni.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirziyod Mirzoidov 1930-yil Toshkent viloyati, Yunusobod qishlogʻida tavallud topgan[1]. 1941-yilda otasi Mirzoid Mirhamidov vafotidan soʻng bobosi sohibkor bogʻbon Mirhamid qoʻlida oʻsgan. 1947-yilda oʻrta maktabni tugatganidan soʻng Oʻrta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. O‘qishni tugatgach, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotiga muharrir va katta muharrir lavozimida faoliyat olib borgan. 1965-yilda Yozuvchilar uyushmasiga a’zoligiga qabul qilingan. Mirziyod Mirzoidov 1980-yil 6-aprelda 50 yoshida vafot etgan[1].

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirziyod Mirzoidov tarjimachilik faoliyatining ilk davrlarida „Ellada qahramonlari“ toʻplamini hamda L. Panteleyev va Grigoriy BelixningShkid respublikasi“ asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Keyinroq esa Garegin Sevuntsning „Tehron“, Vrindavanlal Varmaning „Jhansiy malikasi“, Onore de BalzakningGobsek“, Vyacheslav ShishkovningSarkash daryo“, shuningdek, Ivan Turgenev, Maksim Gorkiy, Mixail Sholoxov, Aleksandr Fadeyev, Artur Konan Doyl, Mustay Karim asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan[1].

Mirziyod Mirzoidov ijodiy faoliyatida badiiy film tarjimalari alohida o‘rin olgan. Tarjimon jami 12 film, 4 pyesa, 4 telespektaklni rus tilidan o`zbek tiliga oʻgirgan. Jumladan, „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi[2][3], „Ishdagi ishq[4] filmlarini oʻzbek tiligan tarjima qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Amir Fayzulla, Otabek Safarov. „O‘zbek tarjimachiligining munosib vorisi (Mirziyod Mirzoidov)“. Jahon adabiyoti jurnali, 5-son (2019-yil 14-may). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  2. Jaloliddin Safoyev. „Vatanparvar Bunsha, uddaburon o‘g‘ri va qitmir shoh – mashhur komediya sovet tuzumi haqida nimalar demoqchi bo‘lgan?“. oyina.uz (2023-yil 6-aprel). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  3. Abror Zohidov. „“Profession de fua” – yarim asrdan beri ekranlardan tushmayotgan Ivan Vasilevich“. kun.uz (2023-yil 2-yanvar). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  4. Б. Сайфиев. „Дунёда шундай ишлар борки, кирмагандир тушда ҳам фалсафангизга!“. qashqadaryo.uz (2023-yil 22-iyun). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.