Elena Sedina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elena Sedina
Sedina Calvià 2004-yil
Mamlakat

Ukraina

Italiya
Tugʻilishi 1-iyun 1968-yil
Kiyev, Ukraina, Sovet Ittifoqi
Saravha

Xalqaro magistr

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2434 (Aprel 2003-yil)

Elena Sedina (ruscha: Елена Седина; ukraincha: Оле́на Се́діна, Olena Sedina; 1968-yil 1-iyunda Kiyevda tugʻilgan) — Ukrainada tugʻilgan italiyalik ayol shaxmatchi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina chempionati, shaxmat boʻyicha Avstraliya ochiq chempionati gʻolibi, shaxmat olimpiadasi va Mitropa kubogi oltin medali sovrindori.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sedina yetti yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va oʻn bir yoshida ayollar oʻrtasida Kiyev chempioni boʻlgan. Oʻn olti yoshida u 1984-yilda Chernigovda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionatida gʻolib boʻlgan.

Sedina 1988-yilda va shuningdek 1990-yilda ham shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

U 1990-yilda Ayol xalqaro ustasi (WIM), 1996-yilda ayol grossmeyster (WGM) va 1999-yilda xalqaro usta (IM) unvonlarini oldi. Elena Sedina 1995-yilda Italiyaga koʻchib oʻtdi va 2001-yil aprel oyidan Italiya shaxmat federatsiyasida dona surishni boshladi.[1]

Sedina 1994-yildan 2000-yilgacha toʻrtta ayollar shaxmat Olimpiadasida Ukrainani va 2004-yildan 2012-yilgacha Italiya shaʼnini birinchi bortda himoya qilgan.[2] Uning eng yaxshi natijasi 1994-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan 31-shaxmat Olimpiadasida olimpiadadagi debyuti boʻlib, u yerda 10,5/12 ball toʻplagan va birinchi zaxira taxtasida oltin medalni va eng yaxshi reyting koʻrsatkichi uchun kumush medalni qoʻlga kiritdi.[3] Shuningdek, u 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan 32-shaxmat Olimpiadasida 3-bortda bronza medalini qoʻlga kiritdi.[4]

Sedina 2001-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi va u yerda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Maya Chiburdanidze bilan baxsda ikkinchi raundda, 2004-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida birinchi raundda Elina Danielian tomonidan magʻlubiyatga uchragan va 2008-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Sedina uchinchi raundga qadar chiqdi, ammo tezkor pley-offda ikkinchi oʻrin egasi Xou Yifan tomonidan magʻlub etildi.[5]

Jana Krivec bilan birga u 1997-yili Sloveniya ayollar jamoasi shaxmat chempionatida 7/7 ball toʻplagan va 1999-yilda Shveysariya jamoaviy shaxmat chempionatida 8/9 bilan eng yaxshi shaxmat oʻyinchisi boʻlgan.[6] U 2001-yilda San Martino di Castrozza Open turnirida gʻolib boʻldi, 2000-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Shveysariya chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2001-yildagi musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 2004-yilda Genoa Centurini Open turnirida teng ravishda birinchi oʻrinni egalladi.[6][7]

2005-yil yanvar oyida u Viktoriya shtatidagi Buller togʻida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Avstraliya ochiq chempionatida 8,5/9 ball toʻpladi va turnirda gʻolib boʻlgan birinchi ayol boʻldi.[8][9]

2006-yili Turkiyaning Kushadasi shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 7-Yevropa chempionatida Sadina 7,5/11 ball toʻpladi va bronza medaliga egalik qildi. Bu unga 2008-yilda Rossiyaning Nalchik shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini berdi va u Irina Krush va Nguyen Ti Than Anni magʻlub etib, 3-raundda Xou Yifan tomonidan yana bir marotaba magʻlub etildi.

2007-yilda Tunisning Sus shahrida oʻtkazilgan 5-Oʻrta yer dengizi shaxmat chempionatida bronza, 2008—2009-yillarda Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 6-Oʻrta yer dengizi shaxmat chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[10]

Sedina 2008-yildan 2015-yilgacha Mitropa kubogida 8 marta Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U ikkita shaxsiy oltin medalni (2008-yilda Olbia va Merlimont 2011-yil), toʻrtta jamoaviy oltin medalni (2008, 2010, 2011 va 2014-yillarda), bitta kumush jamoaviy medalni (2015) va Mitropa kubogida uchta bronza medalini (2009, 2012 va 2013-yillarda) qoʻlga kiritgan.[11]

U shaxmat boʻyicha bir nechta milliy chempionat jamoalarida oʻynagan, jumladan, Germaniyada OSG Baden-Baden jamoasi bilan, Mendrisio jamoasi bilan Shveysariyada, Fransiyada Clichy-Echecs-92 guruhi bilan va Angliyada Vud Green 1 jamoalari bilan dona surgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sedina 1990-yilda Kiyev universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Shuningdek, u 1994-yilda Kiyev jismoniy tarbiya va sport institutida shaxmatchilar tayyorlash metodikasi fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]