Induksiya (fizika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Elektr induksiyadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Induksiya (fizikada) — zaryadlangan jismning elektrostatik maydoni taʼsirida zaryadsiz jismning elektrlanishi. Elektrotexnikaning asosini tashkil qiladi. I. yoʻli bilan elektrlanishni yunon olimi Epinus kashf etgan. Magnit I. va elektromagnit I. hodisalari qam mavjud. Ferromagnit va paramagnit jismlardagi magnit I. atomlardagi elektronlar harakatidan hosil boʻlgan molekulyar yoki elementar magnit dipollarining magnit maydonida maʼlum vaziyatni egallashi bilan ifodalanadi. Biror oʻtkazgichni magnit maydonida (maye., magnit qutblari orasida) yoki magnit maydonini oʻtkazgich atrofida harakatlantirilsa, oʻtkazgichda e.yu. k. paydo boʻlishi elektromagnit I. deyiladi. Agar oʻtkazgich konturi berk boʻlsa, elektr toki hosil boʻladi. Elektromagnit I. ning amaliy ahamiyati katta. Elektr generatorlarining ishi shu hodisaga asoslangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil