Ferromagnetizm
Ferromagnetizm - baʼzi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xolati. Bunda barcha atomlarning magnit momentlari parallel yoʻnalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik tradan pastda yuz beradi. Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar ferromagnetiklar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi musbat va 104 ~ 105 qiymatlargacha yetadi. Ularning magnitlanganligi va magnit induksiyasi magnit maydon kuchlanganligi Nga nochizigʻiy bogʻlangan hamda N ~ 103 A/m qiymatlarda toʻyinishga erishadi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yoʻqolganidan keyin ham saqlanib qoladi. Kimyoviy elementlardan Fe, Co, Ni, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm ferromagnetikdir. Materiallarning ferromagnetik xususiyatlaridan radiotexnik va elektrotexnik qurilmalar (masalan, transformatorlar, axborotni yozishning magnit vositalari va boshqalar)da keng foydalaniladi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |