Induksiya (fizika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Electrostatic induction.svg
Electroscope showing induction.png

Elektrostatik Induksiya (fizikada) — zaryadlangan jismning elektrostatik maydoni taʼsirida zaryadsiz jismning elektrlanishi. Elektrotexnikaning asosini tashkil qiladi. Induksiya yoʻli bilan elektrlanishni yunon olimi Epinus kashf etgan. Magnit Induksiya va elektromagnit Induksiya hodisalari ham mavjud. Ferromagnit va paramagnit jismlardagi magnit Induksiya atomlardagi elektronlar harakatidan hosil boʻlgan molekulyar yoki elementar magnit dipollarining magnit maydonida maʼlum vaziyatni egallashi bilan ifodalanadi. Biror oʻtkazgichni magnit maydonida (maye., magnit qutblari orasida) yoki magnit maydonini oʻtkazgich atrofida harakatlantirilsa, oʻtkazgichda e.yu. k. paydo boʻlishi elektromagnit Induksiya deyiladi. Agar oʻtkazgich konturi berk boʻlsa, elektr toki hosil boʻladi. Elektromagnit Induksiyaning amaliy ahamiyati katta. Elektr generatorlarining ishi shu hodisaga asoslangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil