Eleanor Roosevelt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eleanor Roosevelt
Anna Eleanor Roosevelt
 AQSH birinchi xonimi
Mansab davri
1933 – 1945
Prezident Franklin D. Roosevelt
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-oktyabr 1884-yil
Nyu-York
Vafoti 7-noyabr 1962-yil(1962-11-07)
(78 yoshda)
Nyu-York
Siyosiy partiyasi AQSH demokratik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Franklin D. Roosevelt
Bolalari Anna Roosvelt Xolsted,Franklin Roosvelt,Jeyms Roosvelt,Eliott Roosvelt, Kichik-Franklin Delano Roosvelt, Djon Aspinuoll Ryzvelt
Onasi Anna-Xoll Roosvelt
Otasi Eliot Roosvelt
Dini islom

Anna Eleanor Roosevelt (talaffuzi: Ena Elenoʻr Roʻzevelt[1][2]; 11-oktabr 1884-yil — 7-noyabr 1962-yil, Nyu-York) — amerikalik jamoat arbobi, AQSh prezidenti Franklin Delano Rooseveltning rafiqasi,Theodore Rooseveltning jiyani boʻlgan[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalik va yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eleanor Roosvelt 1898-yil

Anna Eleanor Roosvelt 11-oktabr 1884-yilda Nyu-York shahridagi 37-koʻchaning gʻarbiy tomonidagi 56-uyda Elliot va Anna Xoll Roosveltlar oilasida tugʻilgan. AQSh prezidenti Teodor Roosvelt uning amakisi edi. Bir necha yil oʻtgach, Eleanorning kichik Elliot Roosvelt (1889-1893) va Xoll Roosvelt (1891-1941) ismli ukalari tugʻildi. Uning Elliot Roosvelt Mann (1941-yilda vafot etgan) ismli oʻgay akasi ham bor edi. Elliot Roosvelt Manning onasi Keti Mann Roosveltlar oilasining xizmatkori boʻlgan.[4]

„Anna“ ismini u onasining va xolasi Anna Koulzning sharafiga oldi; uning taxallusiga aylangan („Elli“ yoki „Kichik Nell“) „Eleanor“ — ismini esa otasining sharafiga oldi[5]. Bolaligidan u Eleanor deb chaqirilishini afzal koʻrardi.

Roosvelt bolaligidan boylik va imtiyozlar dunyosida yashagan, chunki uning oilasi Nyu-Yorkning yuqori jamiyatiga tegishli edi.  Bolaligida u shu qadar eskicha qarashlarga ega ediki, shuning uchun onasi unga „Buvijon“ laqabini qoʻygan.  Eleonor sakkiz yoshidaligida onasi difteriyadan(nafas kasalligi) vafot etdi.  Majburan davolanayotgan, ichkilikka mukkasidan ketgan otasi ikki yildan soʻng vafot etdi. Uning ukasi kichik Elliot Roosvelt ham difteriyadan vafot etdi.  Ota-onasi vafot etgandan soʻng, u Nyu-York shtatidagi Tivoli qishlogʻida yashaydigan, onasining onasi (buvisi) Meri Lyudlou Xoll (1843-1919) qoʻlida tarbiyalangan.

Nikoh va oilaviy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

1905-yilda Eleanor oltinchi amakivachchasi boʻlgan Franklin Delano Roosveltga turmushga chiqdi. Roosveltlarning olti farzandi boʻlgan, ulardan biri goʻdakligidayoq vafot etgan.

Siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roosvelt publitsist, yozuvchi, siyosatchi va inson huquqlari faoli sifatida faoliyat yuritgan. Eleanor 1921-yilda poliomielit bilan kasallanib nogironlar aravachasida yotib qolgan turmush oʻrtogʻining siyosiy karyerasida muhim rol oynagan. U birinchi xonim mansabidan Yangi kelishuvni va Roosveltning boshqa islohotlarini faol ilgari surish uchun foydalangan.

1936-yilda „Mening kunim“ nomli maqolasi nashr etildi.Bu maqola oʻquvchilar eʼtiborini ijtimoiy muammolarga qaratgan. Xuddi shu yili u Amerika Jurnalistlar kasaba uyushmasi aʼzosi boʻldi. 1939-yilda Eleanor mashhurligi boʻyicha turmush oʻrtogʻini ortda qoldirdi: amerikaliklarning 67 foizi uning ish faoliyatini „yaxshi“ deb baholagan, Franklin Roosveltniki esa 58 foizni tashkil etgan.


1941-yilda Eleanor Roosvelt mudofaa vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi va shu maqomda Ikkinchi jahon urushi davrida AQShning Britaniyadagi harbiy bazalariga, shuningdek, Tinch okeani, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi AQSh bazalariga borgan.

1940-yillarda Eleanor Roosvelt Freedom House jamoat tashkilotining asoschilaridan biriga aylandi. 1943-yilda Roosvelt Birlashgan Millatlar Tashkilotini yaratishga yordam berish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarida Birlashgan Millatlar Uyushmasini tuzdi.

U BMTni yaratishda ishtirok etgan va Senat koʻmagida AQSh prezidenti Garri Trumen tomonidan BMT Assambleyasiga delegat etib tayinlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishlagan paytida u Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqqan qoʻmitaga raislik qilgan. Garri Trumen uning inson huquqlari himoyasi sohasidagi yutuqlariga ishora qilib, uni „Dunyoning birinchi xonimi“ deb atadi[6]. Eyzenxauer prezident etib saylanganidan keyin 1953-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Amerika delegatsiyasida ish faoliyatini toʻxtatdi.

1950-yil avgust oyida Eleanor Roosvelt Boston simfonik orkestri Sergey Kussevitskiy dirijyorligidagi Sergey Prokofyevning " Pyotr va boʻri " simfonik ertagini qoʻshiqchi sifatida kuyladi. Mablagʻlar xayriyaga joʻnatilgan. V.A Yuzefovichning taxminiga koʻra ,Prokofyevning ushbu ertagi video yozuvidan keyin bu ertak nafaqat mashhur teatr va kino aktyorlari, balki taniqli siyosiy arboblar tomonidan ham ijro etila boshlandi[7].

Amerika Qoʻshma Shtatlarda Eleanor Roosvelt ilgʻor tartibni ilgari surish bilan shugʻullanishda davom etdi: u Fuqarolik huquqlari harakatini faol qoʻllab- quvvatladi (u Rangli aholi progressi milliy assotsiatsiyasining aʼzosi edi), feministlarning ilk toʻlqiniga mansub edi. U Demokratik partiyaning chap liberal qanotidagi eng taniqli shaxslardan biri boʻlgan. 1952—1956-yillardagi prezidentlik saylovlarida liberal demokrat Adlai Stivenson nomzodini faol qoʻllab-quvvatlagan.

1957-yilda Roosvelt SSSRga tashrif buyurdi va u yerda urush paytlaridagi Amerika prezidentining bevasi sifatida katta hurmatga sazovor boʻlgan va sharaf bilan kutib olindi. Keyinchalik u Moskvaga „ Stalinistik diktaturasi, Nikita S. Xrushchevning hech boʻlmaganda nazariy diktaturasibilan almashgan boʻlsada, odamlar ularni tashvishga solishi va ular ustidan hokimiyatlik qilishi kerak boʻlgan hali ham temir qoʻl bilan amalga oshirilayotgan kuzatuv tizimi nazorati ostida“ paytida tashrif buyurganini yozadi. Uning soʻzlariga koʻra, u SSSRda boʻlgan 3 hafta davomida koʻchada kulgini eshitmagan va dunyoning qolgan qismidan ajralib qolganini his qilgan. „Agar u yerda yashashim kerak boʻlganda, men oʻlib qolar edim“, deb xulosa qiladi Eleanor Roosvelt[8]. Roosvelt Roosvelt 1942-yilda Oq uyga qabul qilgan va AQSh boʻylab gastrol safariga taklif qillgan sovet snayper-ayoli Lyudmila Pavlichenko bilan shaxsan tanish edi. 15 yil oʻtgach, Eleanor Roosvelt Moskvaga tashrif buyurganida, u Lyudmila Pavlichenko bilan eski qadrdon sifatida uchrashdi[9]. Amerika prezidentining rafiqasi va sovet snayper qizining tanishuvi haqidagi hikoya 2015-yilda suratga olingan — " Sevastopol uchun jang " filmida Eleanor Roosvelt rolini Джоан Блэкхэм(ingl.) oʻynagan. ).

Umrining oxirigacha siyosat bilan shugʻullangan Roosvelt,Kennedi maʼmuriyati tomonidan ayollarning maqomi boʻyicha Prezident qoʻmitasining raisi boʻlib, faoliyatini davom ettirdi. Qoʻmita faoliyati feminizmning ikkinchi toʻlqinining boshlanishi edi.

1962-yil 7-noyabrda Eleanor Roosvelt 78 yoshida vafot etdi va Xayd-park atirgul bogʻida erining yoniga dafn qilindi.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda Eleanor Roosvelt haqida „Eleanor: Dunyoning birinchi xonimi“ (inglizcha: Eleanor, First Lady of the WorldEleanor, dunyoning birinchi xonimi[10]).nomli biografik film suratga olindi.

1999-yilda Eleanor Roosvelt Gallup Instituti[11] tomonidan XX asrning eng hurmatga sazovor odamlari oʻntaligiga kiritildi.

Kino[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • " Ozodlik " — Eleanor Roosvelt rolini sovet aktrisasi Yelizaveta Alekseeva oʻynadi.
  • " Gudzondagi Xayd-park ", 2012 — Eleanor Roosvelt rolini britaniyalik aktrisa Oliviya Uilyams ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Eleanor Roosevelt: Most Iconic First Lady — Fast Facts | History, YouTube
  2. How to pronounce Roosevelt — inogolo, Say How? A Pronunciation Guide to Names of Public Figures — NLS/BPH (Kongress kutubxonasi))
  3. Eleanor Roosevelt: Most Iconic First Lady — Fast Facts | History, YouTube
  4. Jean Edward Smith, FDR (2007), New York: Random House, 2007, p. 42.
  5. „Eleanor Roosevelt Biography“ (en). Firstladies.org. National First Ladies' Library. 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
  6. „First Lady of the World: Eleanor Roosevelt at Val-Kill“ (en). National Park Service. 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.
  7. {{{заглавие}}}.
  8. Иванян Э. А.. Энциклопедия российско-американских отношений. XVIII-XX века. Москва: Международные отношения, 2001. ISBN 5-7133-1045-0. 
  9. Eleonora Ruzvelt i sovetskiy snayper
  10. Eleanor, First Lady of the World IMDbda
  11. „Mother Teresa Voted by American People as Most Admired Person of the Century“. The Gallup Organization (1999-yil 31-dekabr). 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]