Kontent qismiga oʻtish

Elayning kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elayning kitobi

Film posteri
Rejissyor(lar) The Hughes Brothers
Prodyuser(lar) Joel Silver
Denzel Washington
Broderick Johnson
Andrew A. Kosove
David Valdes
Ssenariynavis(lar) Gary Whitta
Rollarda Denzel Washington
Gary Oldman
Mila Kunis
Ray Stevenson
Jennifer Beals
Frances de la Tour
[[Michael Gambon]]
Bastakor(lar) Atticus Ross
Leopold Ross
Claudia Sarne
Kinematografiya Don Burgess
Muharrir(lar) Cindy Mollo
Studiya(lar) Alcon Entertainment
Silver Pictures]]
Distribyutor

Warner Bros. Pictures (Shimoliy Amerika)

Summit Entertainment (Xalqaro)
Chiqarilgan sanasi 15-yanvar 2010-yil
Davomiyligi 118 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Inglizcha
Byudjeti 80 milion $
Daromadi 157.1 milion $
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Elayning kitobi haqida sahifa mavjud.

Elayning kitobi (inglizcha: „The Book of Eli“) — 2010-yilda Hughes Brothers tomonidan suratga olingan AQSh jangari filmi[1][2]. Suratga olish ishlari 2009-yil fevralda Nyu-Meksikoda boshlangan[3].

“Elayning kitobi” 2010-yil 15-yanvarda AQSHʼda Warner Bros. Pictures tomonidan kinoteatrlarda namoyish etilgan. U tanqidchilar tomonidan turli baholarga sazovor boʻlgan va butun dunyo boʻylab 80 million dollarlik byudjet bilan 157,1 million dollar daromad qilgan.

Quyosh chaqnashidan keyin 30 yil oʻtgach, Elay AQSHʼning choʻl yerlari boʻylab yayov safar qiladi[4]. U suv qidirib, Karnegi ismli harbiy qoʻmondon tomonidan boshqariladigan shaharchaga kelib qoladi.

Elay musiqa pleyerining quvvatini toʻldirish uchun bir doʻkonga kiradi. Doʻkon egasi unga kutib turish uchun barga kirishi mumkinligi aytabdi. Elay suv olish uchun barga kiradi va unga shaharcha zoʻravonlari hujum qiladi, lekin u ularning barchasini yer tishlatadi. Karnegi taajjubga tushib, Elayga ish taklif qiladi, lekin Elay rad etadi. Elayning savodli ekanligini bilgan Karnegi uni mehmon qiladi. Karnegining koʻzi ojiz bekasi Klaudiya unga ovqat va suv olib keladi. Klaudiyaning qizi Solaraga mehmon bilan tunni oʻtkazishni buyuradi. Solara Elayning kitobi borligini koʻradi. U ovqatlanishdan oldin shukrona aytib, Solara bilan taomni baham koʻrib, birga ovqatlanishni taklif qiladi. Tongda Karnegi Solaraning onasiga duosini takrorlayotganini eshitib qoladi va Elayda qidirayotgan kitobi borligini tushunadi: Injil.

Elay yashirincha ketadi, lekin Karnegi va uning yordamchilari koʻchada unga duch kelishadi. Elay kitobni Karnegiga bermasa, u uni oʻldirishni buyuradi. Jang boshlanadi va Elay uning koʻplab yordamchilarini oʻldirib, Karnegining oyogʻiga oʻq uzadi. Solara Elayga hamroh boʻlishni xohlab, uni shaharning suv taʼminotiga olib boradi, lekin Elay unga hiyla ishlatib, oʻsha yerga qoldiradi. Solara u yerdan chiqib Elayning ortidan ketayotganda pistirmaga tushib qoladi. Ular uni zoʻrlashmoqchi boʻlishadi, ammo Elay yana paydo boʻlib, ularni oʻldiradi.

Elay bilan Solara yoʻlda davom etishadi. Elay unga oʻz maqsadi haqida aytib beradi: undagi kitob injilning qolgan soʻngi nusxasi boʻlib, boshqa barcha nusxalar yadroviy urushdan keyin yoʻq qilingan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bir ovoz uni kitobga olib borib, uni gʻarbga borishga undagan va safar davomida uni himoya qilish hamda hidoyat qilishiga ishontirgan.

Yoʻlda ular qarovsiz qolgan uyga duch kelishib, unga kirmoqchi boʻlganlarida tuzoqqa tushib qolishadi. Uy sohiblari Jorj va Marta ularni choyga taklif qiladi. Elay va Solara uy sohiblar odamxoʻr ekanligini tushunib ketmoqchi boʻlganlarida, Karnegi va uning odamlari kelib qolishadi. Otishmada uy sohiblari va Karnegining koʻplab odamlari halok boʻladi. Elay bilan Solara esa qoʻlga tushadi. Karnegi kitobni unga berishmasa Solarani otib tashlash bilan tahdid qiladi, Elay uni qayerdaligi aytadi. Karnegi Elayni otib tashlab, Solara va kitobni olib ortga qaytishadi. Lekin Solara qochib, Elayni topish uchun qaytib keladi. Karnegi yoqilgʻi kamligi tufayli shaharga qaytadi.

Solara Elayni topib, ular Golden gate koʻprigigacha mashinada yetish olishadi. Soʻng Alkatraz oroliga suzib, u yerda ular insoniyatning merosini saqlab qolish niyatidagi bir guruhni topishib, qoʻriqchilarga injilning nusxasi borligini aytishadi. Elay u yerning rahbari Lombardiga injilning “yangi qirol Jeyms talqini”ni yoddan aytib beradi[5][6].

Shaharda Karnegi kitob Brayl shriftida yozilganligini bilib, Klaudiyaga uni oʻqishini aytadi. Klaudiya yozuv esidan chiqib ketganligi aytib, uning oyogʻi kasallanganini va uni odamlari dovdirab qolganini aytadi. Elay kitobni barchasini Lombardi yozib olganidan keyingina vafot etadi. Bosmaxonada injilni chop etiladi va Lombardi uni kitob javonidagi Ibroniy Injili va Qurʼon orasiga qoʻyadi. Lombardi Solaraga Alkatrazda qolishni taklif qiladi, lekin u Elayning narsalarini olib, uyiga qaytishni tanlaydi.

  1. „The Book of Eli -- Film Review“. The Hollywood Reporter (2010-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
  2. „The Book of Eli“. abc.net.au (2010-yil 30-aprel). Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
  3. Goundry. „The Book of Eli shoots in New Mexico“. The Location Guide (2010-yil 1-fevral). Qaraldi: 2013-yil 15-iyul.
  4. „17“,Avenging Nature: the Role of Nature in Modern and Contemporary Art and Literature, Ecocritical Theory and Practice Valls Oyarzun: . Lanham, Boulder, New York, London: Lexington Books, 2020. ISBN 978-1-7936-2144-3. 
  5. Giroux. „Interview, Part 1: Gary Whitta on 'The Book of Eli'“. The Film Stage (2010-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  6. Bakhshian. „'The Book of Eli': Interview with Denzel Washington, Mila Kunis, and Gary Oldman“. BeliefNet (2010-yil yanvar). Qaraldi: 2015-yil 3-yanvar.