Brayl shrifti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brayl shrifti - boʻrtma nuqtalardan iborat shrift. Koʻzi ojizlar oʻqish va yozishi uchun moʻljallangan. L. Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl shrifti asosida 6 nuqtani turli vaziyatda uygʻunlashtirish yotadi. Ixtirochi lotin alifbosidagi harflar tartibini qabul qilgan. Alifboning oldingi harflarini belgilash uchun 6 nuqtaning yuqori va oʻrta nuqgalaridan (rasmga q.) foydalanilgan. Keyingi harflarni belgilash uchun qoʻsh nuktalar chapdan, soʻng chap va oʻngdan, undan keyin oʻngdan qoʻshilgan. Mazkur belgilar bilan oʻzbekkirill va oʻzbeklotin harflari ham ifodalangan. 6 nuqganing turli holatdagi uygʻunlashuvidan sonlar, tinish belgilari, mat., kimyo va nota belgilarini ham ifodalash mumkin.

Brayl shriftida dastlabki kitob Fransiyada 1837-yil chop etilgan. Oʻzbekkirill alifbosi ifodalangan Brayl shriftida oʻzbek yozuvchilaridan A. Qodiriy ("Oʻtgan kunlar") va V. Gʻafurov ("Vafodor") asarlari nashr qilingan. BRAK (rus. brak — nuqsonli) (ishlab chiqarishda) — davlat standartlari, texnik shartlar, etalonlar va shahrik.ga toʻgʻri kelmaydigan mahsulot. B. asosan tuzatib boʻladigan va tuzatib boʻlmaydigan turlarga boʻlinadi. Mahsulotni texnologik qayta ishlash natijasida uning nuqsonlariga barham berish mumkin boʻlsa, bunday mahsulottuza tib boʻladigan B., mahsulotning nuqsonini tuzatish qiyin va iqtisodiy jihatdan nomaqbul deb topilsa, bunday mahsulot tuzatib boʻlmaydigan B. deyiladi va undan ishlab chiqarish chiqindisi sifatida foydalaniladi. B. korxonalarda mahsulot va pul hisobida ifodalanadi. Oʻzbekiston korxonalarida B. mahsulot zavodning texnik nazorat boʻlimlarida hisobga olinadi va tekshiriladi. Bundan tashqari import tovarlarning mamlakat miqyosida (bojxona nazorati, davlat standarti va sertifikatsiyalash markazi) ham sifat nazorati olib boriladi. Mavjud meʼyorlarga javob bermaydigan tovar (mahsulot)lar B. deb topiladi va isteʼmoldan chiqariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil