Saša Kalajdžić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saša Kalajdžić
Kalajdžić VfB Stuttgart bilan, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Saša Kalajdžić
Tavallud sanasi 7-iyul 1997-yil (1997-07-07) (26 yosh)
Tavallud joyi Vienna, Avstriya
Boʻyi 2.00 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wolverhampton Wanderers
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2006 SV Donau
2006—2010 SR Donaufeld Wien
2010—2014 First Vienna FC
2014—2015 SR Donaufeld Wien
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 SR Donaufeld Wien 18 (7)
2016—2018 Admira Wacker II 33 (13)
2017—2019 Admira Wacker 33 (11)
2019—2022 VfB Stuttgart 57 (23)
2022- Wolverhampton Wanderers 1 (0)
Milliy terma jamoa
2017—2019 Avstriya U21 6 (0)
2020- Avstriya 15 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-sentyabr uchun)

Saša Kalajdžić (talaffuzi: Sasha Kalayjich; 1997-yil 7-iyulda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Wolverhampton“ klubi va Avstriya terma jamoasi hujumchisi

Kalajdžić professional foaliyatini SR Donaufeld Wien bilan boshladi. 2016-yilda Avstriyaning Bundesliga klubi „FC Admira Wacker Mödling“ bilan shartnoma imzoladi. Jamoada 35 oʻyinda 12 ta gol urdi. 2019-yil iyul oyida Germaniyaning „Stuttgart“ klubiga qoʻshildi, qoʻshilganidan koʻp oʻtmay tizzasidan jiddiy jarohat oldi va 2020-yil mayigacha oʻynay olmadi. „Stuttgart“ safida 60 ta oʻyinda 24 ta gol urdi. 2022-yilning avgustida Angliyaning „Wolverhampton“ klubi bilan 15 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi.

Kalajdžić 2020-yil oktabr oyida terma jamoadagi professional debyutini oʻtkazgan. Yevro-2020da Avstriya terma jamoasini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Admira Wacker Mödling FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalajdžić 2016-yilda Donaufeld Wiendan „Admira Wacker Mödling“ klubiga kelib qoʻshilgan[2]. Dastlab Avstriyaning Regionalliga East ligasida klubning zaxira jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynagan[2].

VfB Stuttgart[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 5-iyulida Kalajdžić Germaniyaning VfB Stuttgart klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[3]. Kelganidan koʻp oʻtmay, mavsumoldi yigʻinida jarohat oldi[4]. 2020-yilning 28-mayida 2019—2020-yilgi mavsumning 28-turida ligadagi „Hamburger SV“ga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi[5].

Wolverhampton Wanderers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 31-avgustda Angliyaning „Wolverhampton“ klubi Kalajdžić bilan 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6]. Toʻlov klub rahbariyati tomonidan oshkor qilinmagan, biroq 15 million funt sterling ekani xabar qilingandi[7]. Uch kundan soʻng Premyer-ligada „Southampton“ga qarshi oʻyinda debyut qildi, ammo jarohati tufayli tanaffusda almashtirildi[8][9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalajdžić Avstriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamosida oltita oʻyinda maydonga tushgan[10]. Avstriya milliy terma jamoasi safida debyutini 2020-yil 14-oktabrda Millatlar ligasida Ruminiyaga qarshi oʻyinda (1:0) oʻyinda oʻtkazdi[11]. 2021-yil 25-mart kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi, uchrashuv 2:2 hisobida yakun topdi[12]. Yevro-2020 uchun tarkibga kiritildi va 1/8 finalda Italiyaga qarshi oʻyinda bitta gol urdi, ammo 2:1 hisobida yutqazishdi[13].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining ikki metrli boʻyi va nisbatan nozik tanasi tufayli Kalajdžić ingliz hujumchisi Peter Crouch bilan taqqoslanadi. Ilk faoliyatida Kalajdžić yarim himoyachisi sifatida ham oʻynagan[14][15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
SR Donaufeld Wien 2014—2015[10] Avstriya Regionalliga East 2 0 0 0 2 0
2015—2016[10] Wiener Stadtliga 16 7 0 0 16 7
Jami 18 7 0 0 18 7
Admira Wacker Amateure 2016—2017[16] Avstriya Regionalliga East 27 10 0 0 27 10
2017—2018[16] Avstriya Regionalliga East 3 3 0 0 3 3
2018—2019[16] Avstriya Regionalliga East 3 0 0 0 3 0
Jami 33 13 0 0 33 13
Admira Wacker 2017—2018[16] Avstriya Bundesligasi 18 3 2 1 20 4
2018—2019[16] Avstriya Bundesligasi 15 8 0 0 0 0 15 8
Jami 33 11 2 1 0 0 35 12
VfB Stuttgart 2019—2020[16] 2. Bundesliga 6 1 0 0 6 1
2020—2021[16] Bundesliga 33 16 3 1 36 17
2021—2022[16] Bundesliga 15 6 0 0 15 6
2022—2023[16] Bundesliga 3 0 0 0 3 0
Jami 57 23 3 1 60 24
Wolverhampton Wanderers 2022—2023 Premyer League 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami faoliyati 142 54 5 2 0 0 0 0 147 56

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-iyun, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Avstriya 2020 2 0
2021 9 4
2022 4 0
Jami 15 4
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Avstriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Kalajdžićning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Saša Kalajdžić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa Manbalar
1 2021-yil 25-mart Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 3  Shotlandiya 1-0 2-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi [18]
2 2-1
3 2021-yil 28-mart Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya 4  Farer orollari 3-1 3-1 [19]
4 2021-yil 26-iyun Uembli stadioni, London, Angliya 11  Italiya 1-2 1-2 (q.v) UEFA Yevro 2020 [20]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Saša Kalajdžić“. bundesliga.com. 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Rapid-Stürmersuche: Admiras Kalajdzic soll es richten“ (olmoncha). kurier.at (29-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2020-yil.
  3. „VfB sign Sasa Kalajdzic“. vfb.de. VfB Stuttgart (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 5-iyul 2019-yil.
  4. „3:2 nach 0:2! VfB kommt zurück und schlägt den HSV“. kicker.
  5. „Doppelpacker Gonzalez und Karazor: Stuttgart fertigt Nürnberg ab“. kicker.
  6. „Kalajdzic completes Wolves move“. Wolverhampton Wanderers FC (31-avgust 2022-yil). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
  7. „Wolves complete signing of Sasa Kalajdzic from Stuttgart for £15m“. BBC Sport (31-avgust 2022-yil).
  8. Howarth. „Wolverhampton Wanderers 1–0 Southampton: Daniel Podence earns hosts first league win of season“. BBC Sport (3-sentabr 2022-yil).
  9. Procter. „Wolves striker Sasa Kalajdzic to undergo surgery for torn ACL“. Molineux News (5-sentabr 2022-yil).
  10. 10,0 10,1 10,2 „S. Kalajdžić“. besoccer.com. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  11. „Romania v Austria game report“. UEFA (14-oktabr 2020-yil).
  12. „Scotland 2–2 Austria“. BBC Sport (25-mart 2021-yil).
  13. „Sasa Kalajdzic scores as Austria suffer late defeat against Italy“. The Athletic (27-iyun 2021-yil).
  14. „Stuttgart striker Sasa Kalajdzic issues come-and-get-me plea to Liverpool“. www.goal.com.
  15. „Sasa Kalajdzic: Who is the VfB Stuttgart and Austria striker?“. bundesliga.com.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 16,7 16,8 Saša Kalajdžić Soccerway saytida. Qaralgan sana: 3-sentabr 2022-yil.
  17. „Kalajdžić, Saša“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  18. „Scotland vs. Austria 2–2: Summary“. Soccerway (25-mart 2021-yil).
  19. „Austria vs. Faroe Islands 3–1: Summary“. Soccerway (28-mart 2021-yil).
  20. „Italy vs. Austria 2–1: Summary“. Soccerway (26-iyun 2021-yil).