Eduardo Saverin
Eduardo Saverin | |
---|---|
Eduardo Saverin | |
| |
Asl ismi | Eduardo Saverin |
Tavalludi |
19-mart 1982-yil (40 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Bilimi | Garvard universiteti |
Eduardo Saverin — (inglizcha: Eduardo Saverin; 1982-yil 5-martda Braziliyadagi San-Paulu shaharchasida tugʻilgan). U Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biridir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u 2011-yil 4-yanvar hisobi boʻyicha kompaniyaning aksiyalaridan 4 % ulushga ega. Hozirgi vaqtda Singapur shahrida istiqomat qilmoqda, fuqaroligi esa Braziliyada[1][2][3].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eduardo Saverin San-Pauluda (Braziliya) yahudiylar oilasida tugʻilib[4][5], Mayyamida (Florida) ulgʻaydi. Oʻrta taʼlimni Mayyamidagi Gulliver maktabida oldi va Garvard universitetida oʻqishini davom ettirdi. U 2006-yili unversitetni Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bitirdi[6][7].
Eduardo Mark Zuckerberg bilan birinchi bosqich talabasi boʻlgan paytda tanishdi. Ikkinchi bosqichda ular oʻzlarining ilk namunalarini yani — The Facebookni yaratdilar[8]. 2004-yili Eduardo Nyu-Yorkga amaliyot oʻtashga ketadi. Mark esa oʻzining ishlari bilan qoladi. Bu orada Zuckerberg Sean Parker va Peter Thiel bilan tanishadi, ular Facebookka oʻz investiyalarini kiritishadi.
2013-yilning 10-martida Eduardo Saverin Forbes jurnalining "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatda u 2.2 milliard dollar sarmoya bilan 5-oʻrinni egallaydi[8].
Hayoti tasvirlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yilda yaratilgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida Saverinning Mark Zuckerberg bilan aloqalaridan tortib, to Saverin va Tsukerberg raqobatigacha tasvirlangan. Saverin rolini aktyor Andrew Harfield ijro etgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Facebook revalued after investment, archived from the original on 2011-09-29, https://web.archive.org/web/20110929165614/http://www.newstalk.ie/2011/news/7biz-facebook88/, qaraldi: 2013-12-25
- ↑ Kucera, Danielle. „Facebook Co-Founder May Gain Choosing Singapore Over U.S.“, Bloomberg News (12-may 2012-yil). Qaraldi: 14-may 2012-yil. „Saverin still does hold Brazilian citizenship, Goodman said.“.
- ↑ „Saverin 'has no plans to become Sʼpore citizenʼ“, Today (17-may 2012-yil). 26-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-may 2012-yil.
- ↑ The Social Network
- ↑ Zuckerberg: jovem, bilionário e… trapaceiro?, archived from the original on 2014-01-05, https://web.archive.org/web/20140105090934/http://exame.abril.com.br/revista-exame/edicoes/0950/noticias/jovem-bilionario-trapaceiro-492991, qaraldi: 2013-12-25
- ↑ Эдуардо Саверин (Eduardo Saverin). Facebook. Краткая биография[sayt ishlamaydi]
- ↑ «Страница Эдуардо Саверина на Forbes», Forbes.com
- ↑ 8,0 8,1 Топ-10 самых молодых миллиардеров по версии Forbes
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Eduardo Saverinning Facebookdagi haqiqiy sahifasi
- Where In The World Is Eduardo Saverin?
- Первая краткая биография в Рунете (от создателя what-life.com)[sayt ishlamaydi]
![]() |