EPAM Systems

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
EPAM Systems
Turi Ommaviy kompaniya
Xizmatlari dasturiy taʼminot ishlab chiqarish
Birja listingi Andoza:Nyse
Qachon asos solingan 1993
Joylashuvi Nyutaun, Pensilvaniya (AQSH)
Asoschi(lari)
Direktori Arkadiy Dobkin Prezident va direktorlar kengashi raisi
Aylanma daromadi 3,76 mlrd $ (2021)
Ishchilar soni 58,800 ming kishi (2021-yil so'ngiga ko'ra)
Vebsayti https://www.epam.com

EPAM Systems - 1993-yilda tashkil etilgan amerikaning axborot texnologiyalari kompaniyasi. Asosiy faoliyat yo'nalishi buyurtma asosida dasturiy ta'minot ishlab chiqarishdan iborat. Bosh qarorgohi Pensilvaniya shtatining Nyutaun shahrida joylashgan bo'lib, dunyoning 40ga yaqin davlatlarida o'z bo'limlariga ega[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

EPAM'ga 1993-yilda ikki sinfdosh Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan asos solingan[2] Kompaniyaning nomi "Effective Programming for America" (Amerika uchun samarali dasturlash) so'zlaridan olingan. Birinchi ofislar AQSh va Belarusda ochilgan bo'lib, keyinchalik kompaniya o'z ofislarini Avstriya, Avstraliya, Armaniston, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Irlandiya, Qozog'iston, Kanada, Xitoy, Meksika, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, Singapur, Ukraina, O'zbekiston, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Qirg'iziston davlatlarida ochdi.

Fond birjasiga joylashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 25-yanvarda kompaniya Nyu-York fond birjasida IPO o'tkazishga tayyorgarlik boshlanganini e'lon qildi. Kompaniya xabarida aytilganidek, EPAM Systems’dagi eng katta ulush Siguler Guff & Co investitsiya kompaniyasiga tegishli fondlar tomonidan sotilishi mumkin: IPO’dan soʻng ular EPAM Systems’dagi ulushlarini 52,5 foizdan 41,2 foizgacha kamaytiradi. Ta'sischi va bosh direktor Arkadiy Dobkin kompaniya aksiyalarining 2 foizini sotishni rejalashtirgan edi. Hissadorlar kopaniyaning 14 foiz aksiyasini joylashmoqchi edi. Rejaga ko'ra, qo'shimcha emissiya aksiyalarining yana 3,6% kompaniyaning o'zi tomonidan sotiladi va joylashtirish hajmi (17,7% ni) 133,2 million dollarni tashkil etadi[6].

IPO 8-fevral kuni bo'lib o'tdi va tahlilchilar tomonidan muvaffaqiyatsiz deb baholandi[3] Joylashtirish vaqtida 6 million dona aksiya (oshirilgan kapitalning 14,7 foizi) 72 million dollarga yoki har bir qimmatli qogʻoz uchun 12 dollarga sotildi (avval EPAM har bir qimmatli qogʻoz uchun 16-18 dollar narx oraligʻini e’lon qilgan edi). Sotilgan aksiyalarning 33% - qo'shimcha emissiya. IPO bahosiga ko'ra, butun kompaniyaning qiymati 488 million dollarni tashkil etdi[7].

2 yil ichida, 2014-yil iyun oyida kompaniyaning kapitallashuvi 4 baravardan ortiq oʻsdi va 2,14 milliard dollarni tashkil qildi[4] 2022-yil yanvar oyida EPAM kapitallashuvi 36,4 milliard dollarni tashkil etdi[5]

Sotib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil mart oyida EPAM Vengriyada Fathom Technology, 2006-yil sentabrda esa Rossiyada VDI-ni sotib oldi. Buning natijasida 2200 kishidan iborat EPAM Systems nomi ostida yagona kompaniyani tashkil qilindi[6]

2016-yilda EPAM 400 nafar xodimga ega Xitoyning Dextrys kompaniyasini sotib oldi[7]

2018-yilda EPAM 150 dan ortiq xodimga ega Amerikaning Continuum kompaniyasini[17], shuningdek, Buyuk Britaniyadagi 100 ta eng yaxshi raqamli agentliklardan biri boʻlgan TH_NK raqamli agentligini sotib oldi[8][9].

2021-yil dekabr oyida EPAM S&P 500ga qoʻshildi[10]

2021-yil may oyida EPAM Systems Forbes Global 2000 roʻyxatida 1804-oʻrinni egalladi[11]

Faoliyat ko'rsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daromad Sof foyda
2014 730,0 mln dollar[12]
2015 914,1 mln dollar 84,5 mln dollar[13]
2016 1,16 mlrd dollar 99,3 mln dollar[13]
2017 1,45 mlrd dollar 172,9 million dollarlik operatsion foyda bilan 72,76 million dollar[14]
2018 1,84 mlrd dollar 240,3 mln dollar[15]
2019 2,29 mlrd dollar 261 mln dollar[16]
2020 2,66 mlrd dollar 327,1 mln dollar[17]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Axborot texnologiyalari sohasida konsalting
  • Dasturiy ta'minot ishlar chiqish
  • Dasturlashtirish
  • Dastulriy ta'minotni tekshirish
  • Raqamli strategiyalarni ishlab chiqish

Kompaniya Ukrainadagi harbiy vaziyat fonida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga kompaniya prezidenti Arkadiy Dobkinning fikr bildirmagani va ukrain harbiylariga yordam berishga chaqiriqlarni rad etgani 14000 nafar ukrainalik hamda 18000 nafar rus va belarus xodimlar o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi[18] Keyinchalik kompaniya o'z ukrain hodimlarida 1000 AQSH qollari miqdorida yordam ko'rsatgan va Ukrainada Starlink tizimlarini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan[19][20] Bundan tashqari kompaniya Ukrainaga yordam fondini ishga tushirish va 100 mln dollar yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. 2022-yil aprel holatida kompaniya Belarusdagi faoliyatini davom ettirgan holda Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatdi[21]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „О нас“ (ru). careers.epam.by. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  2. „«Ведомостям» стало известно о крупнейшей сделке на рынке ПО на постсоветском пространстве.“ (deadlink). // epam-group.ru со ссылкой на Ведомости. 2012-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-fevral.
  3. Роман Дорохов. „Epam разместилась дешевле своих запросов“ (ru) (deadlink). «Ведомости» (2012-yil 9-fevral). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  4. Мария Коломыченко. „Epam нахимичила“ (ru). Коммерсантъ (2014-yil 10-iyun). 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  5. „EPAM Systems Market Cap“ (en). ycharts.com. 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  6. Владимир Митин. „EPAM и VDI объединились“ (deadlink). PC Week (2006-yil 26-sentyabr). 2013-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-iyun. (rus.)
  7. „EPAM поглотила ещё одного китайского разработчика со штатом в 400 сотрудников“ (deadlink). dev.by (2016-yil 28-iyun). 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  8. „EPAM поглотила американскую Continuum“ (ru). dev.by. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  9. „Цифровое консалтинговое агентство TH_NK присоединяется к ЕРАМ!“ (ru). EPAM. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  10. S&P Dow Jones Indices. „EPAM Systems Set to Join S&P 500“ (en). www.prnewswire.com. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  11. „EPAM Systems (EPAM)“ (en). Forbes. 2022-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  12. „EPAM Systems, Inc. Reports Results for Fourth Quarter and Full Year 2014“ (en). Epam.com. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  13. 13,0 13,1 „EPAM Reports Results for Fourth Quarter and Full Year 2016“ (en). EPAM. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  14. „Выручка EPAM в 2017 году приблизилась к 1,5 млрд. долларов“ (ru). Belmarket.by. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  15. „EPAM Reports Results for Fourth Quarter and Full Year 2018“ (en). EPAM Systems. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  16. „EPAM Reports Results for Fourth Quarter and Full Year 2019“ (ru). EPAM. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  17. „EPAM Reports Results for Fourth Quarter and Full Year 2019“ (en). EPAM Systems. 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  18. Gallagher, Ryan. „Ukraine Stance by U.S. Tech Firm Epam Sparks Internal Dissension“. Bloomberg (2-mart 2022-yil). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  19. Martin, Iain. „Ukraine War Divides Employees At American Tech Company That Straddles The Front Lines“. Forbes.com (3-mart 2022-yil). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  20. Сапитон, Михаил „EPAM полностью уходит из России и запускает фонд помощи украинцам – письмо основателя компании“ (ru). Forbes.ua (8-aprel 2022-yil). Qaraldi: 26-aprel 2022-yil.
  21. „EPAM Systems Begins Process of Exiting Operations in Russia“ (EN-US). MarketWatch. 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.