Konsalting

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Konsalting — maxsus kompaniyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, firmalarni tashqil qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar bozorlarini, innovatsiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masalalarda maslahatlar, tavsiyalar berishdan iborat faoliyati. K. kompaniyalari bozor (tovarlar, xizmatlar, litsenziyalar, nou-xau va boshqalar)ni oʻrganish, prognozlar berish, jahon tovar bozorlaridagi narxnavolarni, xalqaro hamkorlik obʼyektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va qoʻshma korxonalar tashqil etish va boshqa boʻyicha oʻz xizmatini taklif etadi. K. firmalari maslahat xizmatining ayrim sohalari boʻyicha ixtisoslashishi mumkin. Yangi tashqilotni tashqil qilishda taʼsis hujjatlari majmuini tayyorlash ham K.ga kiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil