Diniy politsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eron yoʻl-yoʻriq patruli xodimlari. Yoʻl-yoʻriq patruli Eron huquqni muhofaza qilish qoʻmondonligining diniy politsiyasi sifatida ishlaydi.

Diniy politsiya diniy meʼyorlar va tegishli diniy qonunlarning bajarilishini taʼminlash uchun mas’ul boʻlgan har qanday politsiya kuchlaridir. Zamonaviy jamiyatdagi deyarli barcha diniy politsiya tashkilotlari islomiy hisoblanadi va Saudiya Arabistoni yoki Eron kabi musulmon aholisi koʻp boʻlgan mamlakatlarda mavjudir. Diniy politsiyaning mas’uliyati din va madaniyatga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, islom diniy politsiyasi spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, musiqaga oʻynash, „ mehr-muhabbat“ ni ommaviy namoyish qilish, Gʻarb bayramlarini nishonlash va namoz vaqtini oʻtkazib yuborish kabi holarlarni oldini olishga ustuvor ahamiyat beradi. Boshqa tomondan, Vetnamdagi diniy politsiya kuchlari Dega protestantlari yoki Ha Mon katoliklari kabi diniy ekstremistlarni kuzatish uchun javobgardir.[1] 2012-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Pew Research yangi tahlilida, 2012-yil holatiga, kamida 17 ta mamlakatda (9% dunyo mamlakatlarida) diniy meʼyorlarni qoʻriqlaydigan politsiya mavjud. Bu harakatlar, ayniqsa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada mamlakatlarida keng tarqalgan boʻlib, mamlakatlarning taxminan uchdan birida (yaʼni 35%i) politsiya diniy meʼyorlarni qoʻllaydi. 2012-yil holatiga koʻra, diniy politsiya kuchlari Evropa yoki Amerikaning hech bir davlatida mavjud emas.

Diniy politsiyaning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diniy politsiya ikki toifaga boʻlinishi mumkin, ular maʼlum bir din qadriyatlarini qoʻllab-quvvatlovchilar va ekstremistik diniy guruhlar uchun javobgar boʻlgan guruhlardir. Har bir asosiy dinlarda oʻz ishonuvchilari tomonidan hayot tarzi va uning bajarilishini qoʻllab-quvvatlash yoʻllari sifatida amal qilishi kerak boʻlgan qoidalar toʻplami mavjud.

Islomdagi Hisba taʼlimotiga koʻra, musulmonlar axloqiy fazilatlarni targʻib qilish va boshqa bir moʻmin shunga muvofiq harakat qilmasa, aralashish majburiyatini belgilaydi. Bu yoʻlda Qur’ondan yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishga asosiy ahamiyat qaratiladi. Tarix davomida islom diniy politsiyasi asrlar davomida mavjud boʻlganligiga oid dalillar mavjud. Diniy politsiyaning dastlabki shaklida Muhtasib yoki " bozor inspektori " firibgarlik, jamoat joylarida axloq qoidalarini buzish va jamoat tartibini buzishning oldini olish vazifasi yuklangan davlat amaldori hisoblangan. Bu vazifa 1745-1818-yillar davomida Saudiyaning birinchi vioyati Diriyahda qayta paydo boʻlishidan oldin, jamiyat rivojlangani uchun yoʻqolib ketgan edi. 20-asr boshlarida Ibn Saud oʻz tarafdorlarini muhtasib etib tayinladi va tartib-qoidalarni juda qattiq qoʻlladi, bu esa xorijlik ziyoratchilar hamda mahalliy aholi oʻrtasida turli ziddiyatga sabab boʻlgan.

Diniy politsiyaning boshqa tomoni, ular diniy ekstremistik guruhlarni nazorat qiladigan kuchlardir. Soʻnggi paytlarda diniy guruhlarga ortib borayotgan qiziqish sababli, dunyo boʻylab koʻplab odamlar juda kuchli diniy guruhlarga qoʻshilishmoqda.[2] Hukumatlar koʻpincha ektremistik guruh aʼzolarining koʻpchiligi joylashgan hududlarda ishchi guruhlarini tashkil qilishadi. Biroq, agar ashaddiy diniy guruh jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan boʻlsa, javobgarlik koʻpincha mahalliy ishchi guruh oʻrniga rasmiyroq razvedka idoralariga yuklanadi. Biroq, ayrim hollarda, jamoat xavfsizligidan qoʻrqish hukumatlar tomonidan diniy erkinlikni cheklash uchun bir bahona sifatida foydalanilishiga tayyor nayrang boʻladi, masalan, Vetnamdagi Dega nasroniylari holatini keltirish mumkin. Evangelist nasroniylar boʻlgan etnik ozchil aholiga nisbatan taʼqib va kamsitish avj olishi fonida uylaridan haydab, oʻrmonga quvilgan. Vetnamda har qanday din VCP (Vyetnam Kommunistik partiyasi) tomonidan maʼqullanishi va ibodat amallari qonuniy boʻlishi uchun diniy guruh rahbarlari hukumat organlari tomonidan tekshirilishi kerak. Biroq, ozchil aholilar yashaydigan hududlarda roʻyxatdan oʻtmagan protestant " uy cherkovlari " „noqonuniy“ yoki Dega xristian deb hisoblanadi. Vetnam Kommunistik partiyasi Dega nasroniylarini kuzatish va baʼzi hollarda ularni taʼqib qilish va hatto hujum qilish uchun ishchi guruhi yaratgan.

Baʼzi islomiy jamiyatlarda diniy politsiya kuchlari oʻzining ziddiyatli tabiatiga qaramasdan hali-hamon keng tarqalgan. Bu kabi institutlar aholining konservativ qismi va hukumat amaldorlari tomonidan kuchli qoʻllab-quvvatlanadi, ammo, bu institut koʻpincha yosh aholi va liberallarning qarshiliklarga duch keladi. Biroq, diniy politsiya kuchlari koʻpincha mahalliy politsiya bilan mojarolar yuzaga keladi. Misol uchun, Nigeriyaning Kano shtatida ularning diniy politsiya kuchlari va fuqarolik politsiyasi kuchlari oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Ayrim diniy kuchlar, xususan Eron va Saudiya Arabistoni faqat mamlakat konstitutsiyasi tomonidan himoya qilingani sababli haligacha mavjud. Hasan Ruhoniyning Eron diniy politsiyasini qattiq tanqid qilganiga qaramay, u prezident vazifasini bajaruvchi sifatida biror narsani oʻzgartirishga qodir emas edi.

Mamlakatlar tomonidan rasmiy qonuniylashtirilgan ijro organi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston

Afg'onistonda Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish qoʻmitasi birinchi boʻlib 1992-yilda Rabboniy hukumati tomonidan tashkil etilgan va Tolibon 1996-yilda hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng oʻziga qabul qilingan. Tolibon departamenti Saudiya Arabistonidagi xuddi shunday tashkilot namunasi sifatida tashkil etilgan. Tolibon hokimiyatdan agʻdarilgandan soʻng u tashkilot yopilgan edi, lekin Afgʻoniston Oliy sudi raisi uni 2003-yilda qayta tikladi. 2006-yilda Karzay hukumati Haj va Din ishlar vazirligi qoshida "Ezgulikni targʻib qilish va yovuzliklarning oldini olish "ga bagʻishlangan yangi boʻlim yaratish uchun qonun loyihasini taqdim etdi. 2021-yilning avgust oyida Tolibon yana hokimiyatni qayta qoʻlga kiritgach, eski hokimyatdagi Xotin-qizlar ishlari vazirligi binosini shtab-kvartirasini yangi „Taklif, hidoyat va ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi“ sifatida qaytadan tuzdi.

Indoneziya

Ache, Indoneziya

2004-yilda Akehdagi tsunamidan soʻng, odamlar buni Xudo tomonidan berilgan jazoning bir turi deb hisoblashdi, bu esa davlat boshqaruvchisi Mustafo Abubakarni[3] " Polisi Syariat Islom " tashkilotini rasman ishga tushirishiga sabab boʻlgan.[4] Ishchi guruhi 2005-yilda 13 ofitserdan iborat boʻlgan boʻlsa, 2009-yilga kelib 62 ofitserga koʻpaydi va shulardan 14 nafari ayollardir. Biroq, tashkilotda jami 1000 dan ortiq odam mavjud boʻlib, ularda kamida 400 tasi shartnoma asosida, qolganlari esa koʻngillilar sifati ishlashadi. Polisi Syariat Islom tashkilotining vazifasi shariat qonunlarining har bir jihatiga qatʼiy rioya qilmaydigan har qanday odamni tutishdir. Maʼlumki, ular tegishli kafolatlarsiz yoki maqsadsiz taʼqib qilish va mulkni qidirish kabi ortiqcha usullardan foydalanadilar. Jazolar qarama-qarshi jinsdagi turmush qurmaganlar bilan jismoniy aloqa qilish uchun 24 soat ushlab turishdan tortib, nikohga xiyonat qilgani uchun kaltaklashgacha boradi.

2001-yildan beri Indoneziyaning Akeh provinsiyasi islom qonunchiligining oʻz andozasini qoʻllagan va jinoyatchilarni jazolash uchun kaltaklashdan foydalangan.[5] U spirtli ichimliklarni taqiqlaydi, nikohdan oldingi ishqiy munosabatlarni jazolaydi va oʻzining kichik pank-rok hamjamiyatining tuzumiga qarshi. Oxirgi oylarda Akehning islomiy qonunlari kuchaytirildi. Sentyabr oyida mahalliy qonunchilik organi „jinoyatlar“ning ayrim turlariga nisbatan qattiqroq jazolar qoʻllaydigan yangi qonun yoki qanun jinayat ni qabul qildi. Ilgari tartibga solinmagan jinoyatlar, masalan, zino va bir jinsli jinsiy aloqa kabilarga ham ingichka rattan qamishi bilan kaltaklash bilan jazolanar edi. Homoseksualizm uchun ayniqsa jazo qattiq. Indoneziyaning boshqa joylarida noqonuniy boʻlmagan gey jinsiy aloqa endilikda 100 darra yoki 100 oylik qamoq jazosi bilan jazolanadi. Rasmiylar, shuningdek, gey yoki lezbiyan juftliklarni jinoyatda qoʻlga olishsa, 1000 gramm oltin (taxminan 38,5 ming dollar) talab qilishlari mumkin. Yangi nizom 2009-yilda Aceh qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilingan, zino uchun jazo sifatida toshboʻron qilib oʻldirishni buyurgan munozarali qonunning, oʻzgartirish kiritilgan holatidir. Turli xalqaro noroziliklardan soʻng, toshboʻron qilish qoidasi yangi nizomdan olib tashlandi, endi uni Indoneziya Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanishini kutilayotgan edi. Qaror 2015-yil sentabrigacha qabul qilinishi aytilgan. Ayni paytda, inson huquqlari guruhlari qamishlashni toʻxtatishga chaqirmoqda, bu amaliyot nafaqat Indoneziya konstitutsiyasini, balki Indoneziya tomonidan imzolangan bir qator xalqaro shartnomalarni ham buzadi.

Diniy politsiya kuchlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ezgulikni targʻib qilish va yomonlikning oldini olish qoʻmitasi (Saudiya Arabistoni)
  • Ezgulikni targʻib qilish va yomonlikning oldini olish qoʻmitasi (Gʻazo sektori)
  • Islom diniy politsiyasi
  • Kano shtati Hisba korpusi (Nigeriya)
  • Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi (Afgʻoniston)
  • Fazilatni targʻib qilish va yomonlikni oldini olish boʻyicha patrul (Eron) (shuningdek, rahbarlik patruli sifatida ham tanilgan)
  • Shomrim (mahallalar nazorati guruhi)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Angelina Theodorou. „Religious police found in one-in-ten countries worldwide“. Pew Research Center (2014-yil 19-mart). Qaraldi: 2014-yil 24-mart.
  2. Wibisono, Susilo; Louis, Winnifred R.; Jetten, Jolanda (18 November 2019). "A Multidimensional Analysis of Religious Extremism". Frontiers in Psychology 10: 2560. doi:10.3389/fpsyg.2019.02560. PMID 31803105. PMC 6876432. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6876432. 
  3. „Gubernur Aceh dari Masa ke Masa“ (en-US). ACEHKITA.COM (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
  4. „Wilayatul Hisbah“, Wikipedia (inglizcha), 2020-08-20, qaraldi: 2021-10-24
  5. „Indonesia Islamic law“.