Kaniza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kaniza
Ahmedova Shahrizoda Farhodovna
Foto
Tavalludi sanasi

28-aprel 1985 (1985-04-28) (34 yosh)
Tavalludi joyi Qoʻqon, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Guruh(lar) Janona 2006
Faoliyat yillari 2006-bugun
Janr Pop
www.kaniza.uz

Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28-aprel 1985-yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta mahsus. Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza). Shahrizoda 1992-yilda Qoʻqon shahridagi 21-oʻrta maktabining 1-sinfiga oʻqishga borib, 2001-yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2001-yilda Toshkent shahridagi „Benkov“ nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga oʻqishga kirib 2004-yilda modelʼer-dizayner dizayner diplomini qoʻlga kiritdi. Oʻqishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006-yildan buyon yakkaxon tarzda oʻz ijodini boshlagan. Bobosi — Oʻzbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush oʻrtogʻi, yaʼni buvisi Kanizaxonni ismlarini oʻziga taxallus qilib olgan.

8 aprel kunida biroz dam olish uchun toʻxtaymiz. Ushbu kunda goʻzal va latofatli lobar qiz Kaniza dunyoga kelgan. Kanizaning asl ismi Ahmedova Shahrizodadir. 2008 yil chin ma’noda xonanda Kaniza uchun ham juda omadli keldi,-deb toʻla ishonch bilan ayta olamiz. Kaniza tomonidan yaratilgan bir necha hit qoʻshiqlar xalqimiz orasida ommalashdi. Shuningdek Kaniza «Nihol» mukofoti sovrindori Otabek Mutalxoʻjayevning bir nechta kliplarida suratga tushdi. Bu hali hammasi emas. Undan tashqari xonanda Kaniza oʻzini kino olamida ham sinab koʻrdi. Muxlislari uning bu ikki taraflama qobiliyatiga yuksak baho berishdi. Beqiyos husnga boy boʻlgan ushbu xonandaga ham oʻzimizning iliq tilaklarimizni tilaymiz.

Otasi - Ahmedov Farhod Murataliyevich 1948 yilda Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, hozirgi kunda hususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.

Onasi - Hakimova Hafizaxon 1953 yilda Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, hozirgi kunda Qoʻqon shahridagi "Hafiza" maʼsuliyati cheklangan jamiyatining direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Sanʼat yoʻlidagi faoliyatini 2006 yilda "Janona" guruhidan boshlagan. 2007 yildan hozirgi kunga qadar bobosi Murodjon Ahmedovning turmush oʻrtogʻi, yaʼni buvisi Kanizaxonning ismlarini oʻziga tahallus qilib yakkaxon tarzda oʻz ijodini davom ettirib kelmoqda.

Kaniza — forscha ism boʻlib, jasur, dovyurak, shaddod qiz maʼnosini anglatadi.

Yaqin doʻsti Otabek Mutalxoʻjayev.

2007-yildan buyon Oʻzbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlangʻich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh isteʼdodlar uchun taʼsis etilgan „Nihol“ mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari oʻzini aktrisa sifati sinab, „Sehrli uzuk“ musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan[1]. shahrizodauz@yahoo.com

Filmografiya[tahrir]

Filmlar[tahrir]

Yil Film nomi Rol
2007 Sehrli uzuk Farangiz
2014 Yolgʻon dunyo
2015 Tanlovga yoʻl yoxud bolajonlar vaʼdasi Kaniza
2016 Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak Kaniza
2017 Qaytar dunyo
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
2017 Qizlarim qirmizlarim

Kliplar[tahrir]

Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2007 Otabek Mutalxoʻjayev «Noz-noz» Kaniza
2007 Otabek Mutalxoʻjayev «Xazon» Kaniza
2008 Otabek Mutalxoʻjayev «Netayin» Kaniza
2015 Otabek Mutalxoʻjayev «Yulduz»
2015 Otabek Mutalxoʻjayev «Qaley–qaley» Kaniza

Kliplari[tahrir]

  • Hoji aka
  • Sen 2007
  • Ketaman
  • Hiylalarim
  • Mehribonim 2009
  • Goʻzal
  • Lilla (Luiza Rasulova bilan)
  • Oʻylamang
  • Hammasi
  • Jonim sen
  • Olib ketgin
  • Oq va qora (rej. Ice TIM)
  • Vaʼda bergin (Doston Ubaydullayev bilan) (2010)
  • Farzand nolasi 2016 (rej. Bekzod Gʻulomov)
  • Malina 2017 (rej. Alisher Uzoqov)

Qoʻshiqlari[tahrir]

  • Yana
  • Sevganingman
  • Jurnalistlar (Gitara)
  • Jurnalistlar
  • Top-top
  • Aylonaman
  • Koʻrgim kelar (Nasiba Abdullayeva bilan)
  • Ay-yay-yay
  • Oyijon
  • Jonim sen
  • Lyubi menya
  • His et (remix)
  • His et
  • Vaʼda bergin (Doston Ubaydullayev bilan)
  • Mehribonim
  • Olib ketgin
  • Bebahoman
  • Dunyo
  • Yonaman
  • Xotira
  • Yor-yor
  • Shaqillama 2
  • Mani yorim
  • Hammasigayam

Manbalar[tahrir]