Determinizm
Qiyofa
Determinizm (lotincha: determino -aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (qarang Sabab va oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. D.ning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa hodisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham D.ni eʼtirof etishgan. D. prinsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yoʻlyoʻriq koʻrsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |