Sabab va oqibat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabab va oqibat — narsa va hodisalar oʻrtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida oʻzidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab, paydo boʻlgan hodisa esa oqibat deyiladi.

S. va o. oʻrtasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugʻdiruvchi, yaʼni oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart boʻlib xizmat qiladi. Masalan, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yaʼni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli koʻrinish, shakl va holatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar oʻzaro sababiy bogʻlanishda deb biluvchilar deterministlar (qarang Determinizm), buni inkor etuvchilar indeterministlar (qarang Indeterminizm) deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy boʻlmagan, tashki va ichki, obyektiv va subyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga taʼsir koʻrsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boʻyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy taʼlimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb taʼkidlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil