Denys Monastyrsky
Denys Monastyrsky | |
---|---|
Денис Монастирський | |
Rasmiy portret (2021) | |
Ukrainaning 12-Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 16-iyul – 2023-yil 18-yanvar | |
Hukumat boshligʻi | Denys Shmyhal |
Prezident | Volodimir Zelenskiy |
Oʻtmishdoshi | Arsen Avakov |
Vorisi | Ihor Klymenko |
Ukraina xalq deputati | |
Mansab davri 2019-yil 29-avgust – 2021-yil 16-iyul | |
Chaqiriq | 9-chaqiriq |
Saylov okrugi | Xalq xizmatchisi |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-iyun 1980-yil Xmelnitskiy, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi |
Vafoti |
18-yanvar 2023-yil (42 yoshda) Brovari, Kiyev viloyati, Ukraina |
Oʻlim sababi | Vertolyot halokati |
Siyosiy partiyasi | Xalq xizmatkori |
Turmush oʻrtogʻi | Zhanna Monastyrska |
Bolalari | 2 nafar |
Alma mater | Xmelnitskiy menejment va huquq universiteti |
Mansubligi | Ukraina |
Qoʻshin turi | Ukraina Ichki ishlar vazirligi |
Xizmat yillari | 2022—2023 |
Janglar/Urushlar |
Denis Anatoliovych Monastyrsky yoki Monastyrsky (ukraincha: Денис Анатолійович Монастирський, IPA: [deˈnɪs ɐnɐˈtɔlʲijɔʋet͡ʃ mɔnɐsˈtɪrsʲkej]; 1980-yil 12-iyun — 2023-yil 18-yanvar) ukrainalik huquqshunos va siyosatchi boʻlib, 2021-yil 16-iyuldan 2023-yil 18-yanvarda vertolyot halokatida vafot etguniga qadar Ukraina Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan[1][2][3]. Volodimir Zelenskiy bilan prezidentlik kampaniyasi boshlanganidan beri juda yaqin boʻlgan[4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Denis Monastyrsky 1980-yil 12-iyunda Sovet Ittifoqining Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi Xmelnitskiy shahrida tugʻilgan[5]. Monastyrskiy Ukraina milliy fanlar akademiyasi Koretskiy nomidagi Davlat va huquq institutining sobiq talabasi edi[5]. Huquq fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan[5].
2007-yilda Monastyrskiy oʻz faoliyatini advokatlikdan boshlagan[5]. Shuningdek, Xmelnitskiy menejment va huquq universiteti ilmiy-tadqiqot boʻlimining qonun ijodkorligi va ilmiy ekspertiza kafedrasini boshqarib, dotsent lavozimida ishlagan[6].
Monastyrskiy „Madaniyat orqali kelajakka“ Podiliya yoshlar madaniy uyushmasi hammuassisi va boshqaruv aʼzosi edi[5][6].
Monastyrsky 2014-yildan 2019-yilgacha 8-chaqiriq Ukraina Oliy Radasida Anton Gerashchenkoning maslahatchi-yordamchisi boʻlgan[6].
2019-yilgi Ukraina prezidentlik saylovlari arafasida Monastyrsky prezidentlikka nomzod Volodimir Zelenskiyning huquq-tartibot tizimini isloh qilish boʻyicha „jamoasi“ eksperti sifatida maydonga chiqqan edi[6]. Zelenskiy saylovda gʻalaba qozonib, 2019-yil 20-may kuni Ukraina prezidenti sifatida qasamyod qildi[7].
Monastyrsky 2019 yilgi Ukraina parlament saylovida „Xalq xizmatkori“dan nomzod boʻlgan[5]. Milliy saylov roʻyxatida 19-oʻrinni egallab, Ukraina parlamentiga saylandi[5][8].
Parlamentda Huquqni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi rahbari boʻldi[5]. „Chesno“ fuqarolik harakati tahliliga koʻra, Monastyrsky eng koʻp qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan xalq deputatlaridan biri boʻlgan[6].
Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov 2021-yil 12-iyulda ichki ishlar vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqish haqida ariza berganidan soʻng[9], 2021-yil 16-iyulda 271 deputat tomonidan Monastyrsky ichki ishlar vaziri etib tayinlangan[1][2] Anton Herashchenko uning vazirlikdagi rasmiy maslahatchilaridan biriga aylandi[10].
2022-yil sentyabr oyida Monastyrsky Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi eng yirik mahbus almashish operatsiyasida ishtirok etdi. Oʻshanda 215 ukrainalik askar, shu jumladan Azov polkining 100 dan ortiq jangchilari va komandirlari uyga qaytgan edi[11].
Monastyrsky butun urush davomida, Rossiya armiyasi shaharni bosib olgan paytda, urushning birinchi kunlarida Zelenskiy bilan birga poytaxt Kiyevda qolgan yuqori darajadagi xavfsizlik xodimlaridan biri edi[12]. Ukraina ichki ishlar vaziri sifatida Ukrainaning urush davridagi maqsadlarini shakllantirishga yordam bergan va mamlakat Milliy politsiyasi, Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati va Davlat chegarasini qoʻriqlash xizmatini nazorat qilgan[12].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monastyrsky, oʻrinbosari Yevhen Yenin hamda Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Yurii Lubkovych 2023-yil 18-yanvar kuni poytaxt Kiyevning sharqiy qismida joylashgan Brovaridagi vertolyot halokatida halok boʻlgan. Vertolyot halokatga uchrab, bolalar bogʻchasi binosiga borib urilgan, halok boʻlganlar orasida bir nafar bola ham boʻlgan. Kamida 25 kishi jarohatlangan[3].
Kyrylo Tymoshenko brifingda rasmiylar urush frontining qaynoq nuqtalaridan biriga ketayotganini maʼlum qildi[13]. Ukraina xavfsizlik xizmati Brovaridagi halokat sabablari boʻyicha tekshiruv boshladi[13].
Monastyrskiyning doʻsti va deputat Maria Mezentsevaning aytishicha, bu „hamma uchun fojea“, chunki janob Monastyrskyning vazirligi Ukrainaning bosqinga qarshi javob berishida muhim rol oʻynagan. U shuningdek, prezidentlik kampaniyasining birinchi kunidanoq Zelenskiyga juda yaqin edi, dedi u BBCga[4].
2023-yil 21-yanvar kuni Ukraina uyida oʻldirilgan Monastyrskiy va boshqa vazirlik xodimlarining dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Dafn marosimida yuqori martabali amaldorlar, jumladan, Zelenskiy va uning rafiqasi Olena Zelenska ishtirok etib, halokat qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi[14].
Monastyrsky 2023-yil 21-yanvarda Kiyevdagi Baykove qabristoniga dafn qilindi[15].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buyuk xizmatlari uchun ordeni, 3-darajali. (2022)[16]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Parliament appoints Monastyrsky as Ukraine's interior minister (Wayback Machine saytida 20 March 2022 sanasida arxivlangan), Ukrinform (16 July 2021)
- ↑ 2,0 2,1 „Volodymyr Zelenskyy at the presentation of the Minister of Internal Affairs: Trust and respect for law enforcement agencies is the most important thing for the new minister“. president.gov.ua. 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 „Ukraine crash: Ministers killed as helicopter comes down near nursery“ (en-GB). BBC News (2023-yil 18-yanvar). 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „Who was Ukrainian minister Denys Monastyrsky?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 Consideration of motion on appointment of Monastyrsky as Interior Minister to take place on July 16 (Wayback Machine saytida 20 May 2022 sanasida arxivlangan), Interfax-Ukraine (14 July 2021)
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 (ukraincha) Electoral history and small biography of Denys Monastyrsky (Wayback Machine saytida 19 February 2022 sanasida arxivlangan), Civil movement "Chesno"
- ↑ „Ukraine's New President Vows To Dissolve Parliament As PM, Other Key Officials Resign“ (2019-yil 20-may). 2019-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
- ↑ CEC counts 100 percent of vote in Ukraine's parliamentary elections (Wayback Machine saytida 21 December 2019 sanasida arxivlangan), Ukrinform (26 July 2019)
(ruscha) Results of the extraordinary elections of the People's Deputies of Ukraine 2019 (Wayback Machine saytida 19 November 2019 sanasida arxivlangan), Ukrayinska Pravda (21 July 2019) - ↑ Avakov resigns from post of Interior Minister of Ukraine (Wayback Machine saytida 20 March 2022 sanasida arxivlangan), Interfax-Ukraine (13 July 2021)
- ↑ (ukraincha) Herashchenko continues to work in the Ministry of Internal Affairs with Monastyrsky (Wayback Machine saytida 20 March 2022 sanasida arxivlangan), Ukrayinska Pravda (30 August 2021)
- ↑ „Полонені українці думали, що їдуть на етап чи чергове судилище – Монастирський“. www.ukrinform.ua. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ 12,0 12,1 Kramer, Andrew E.. „Ukraine Minister Killed in Helicopter Crash Oversaw Some Security Forces“ (en-US). The New York Times (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ 13,0 13,1 „3 members of Ukrainian government die in helicopter crash“ (en-US). POLITICO (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ desk, The Kyiv Independent news „Funeral for late interior minister, other victims of Jan. 18 helicopter crash takes place in Kyiv“. The Kyiv Independent (2023-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
- ↑ „Пролунав останній гімн: на Байковому кладовищі у Києві попрощалися із загиблим керівництвом МВС (відео)“ (uk). ТСН.ua (2023-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ „Decree of the President of Ukraine № 593/2022“ (uk). Office of the President of Ukraine. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiiqtibosdagi Denys Monastyrsky bilan bogʻliq iqtiboslar
- Vikiomborda Denys Monastyrskyi mavzusiga oid fayllar bor
- 12-iyunda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- 18-yanvarda vafot etganlar
- 2023-yilda vafot etganlar
- Commons category link from Wikidata
- Xalq xizmatkori (siyosiy partiya) siyosatchilari
- Ukraina ichki ishlar vazirlari
- Rossiyaning Ukrainaga bosqinida oʻldirilgan shaxslar
- Ukrainadagi aviatsiya halokati yoki hodisalari qurbonlari
- Vertolyot halokati yoki hodisalari qurbonlari
- 2023-yilda aviatsiya halokati yoki hodisalari qurbonlari
- 21-asr Ukraina huquqshunoslari
- Oliy radaning 10-chaqiriq aʼzolari
- Ukrainaning Xmelnitskiy shahrilik siyosatchilar
- Koretskiy nomidagi Davlat va huquq instituti bitiruvchilari
- Uchinchi darajali Buyuk xizmatlari uchun ordeni (Ukraina) sohiblari