Xmelnitskiy
Xmelnitskiy (1954-yilgacha Proskurov) — Ukrainaning Xmelnitskiy viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Janubiy Bug daryosi boʻyida. Transport yoʻli chorrahasi. Aholisi 254 ming kishiga yaqin (2004). X. XV asrda istehkom sifatida vujudga kelgan (B. Xmelnitskiy nomi bilan atalgan). 1793-yilgacha Polsha tarkibida, 1793-yildan Rossiya imperiyasida. Mashinasozlik (transformator kichik stansiyasi, temirchilikpresslash asbobuskunalari, radioapparatura, priborlar i.ch.), qurilish materiallari (gʻisht, temirbeton buyumlari zavodlari), oziq-ovqat (yogʻsir, goʻsht tarmoqlari), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj va boshqalar), kimyo va boshqa sanoatlar rivojlangan. Maishiy xizmat koʻrsatish texnologiyasi instituti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi, rus rassomi G.S. Vereyskiy (1886— 1962) uy-muzeyi mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |